o‘z
RU
DE
“Yoshlar bilan ishlashning samarali dasturlari. Maktab va kutubxona o'rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari” seminar
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi joriy yilning 1 avgust kuni Toshkent shahar Ma'naviyat va marifat bo'limi Mirzo Ulug'bek tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda: “Kuchlarni birlashtiramiz: Yoshlar kelajagi uchun maktab va axborot-kutubxona” nomi ostida: “Yoshlar bilan ishlashning samarali dasturlari. Maktab va kutubxona o'rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari” mavzusida Mirzo Ulug'bek tumanidagi maktablarning Ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha direktor o'rinbosarlari va maktab kutubxonachilari uchun seminar tashkil etildi.
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislarining seminardan ko'zlagan maqsadlari:
- Yoshlar, kitobxonlar uchun Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar haqida yaqindan tanishtirish;
- Kitobxonlikni rivojlantirish va kitobxonlikka jalb qilsh ishlari yuzasidan bajarilayotgan ishlar haqida tanishtirish;
- Kitobxonlikni yanada rivojlantirishda hamkorlik asosida bajariladigan dolzarb masalalarni muhokama qilish va tajriba almashish;
- Qo'shma strategik harakarlar rejasini ishlab chiqish.
Seminar davomida Toshkent shahar "Bilim" AKM Ilmiy-metodika xizmati rahbari Muhayyo Inoyatova "Kutubxonadagi asosiy qoidalar" nomli taqdimot bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar axborot-kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.