“Zamonaviy axborot muhitida kiberxavfsizlikni ta’minlash” mavzusida targ‘ibot tadbiri

 Joriy yilning 25-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazining AKT mutaxassislari tomonidan “Zamonaviy axborot muhitida kiberxavfsizlikni ta’minlash” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 

 Tadbir davomida axborot-kutubxona markazlarida axborot resurslarini himoya qilish, raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish hamda kiberxavflarning oldini olish masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Xodimlarga zararli dasturlar, xakerlik hujumlari, fishing, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi, kuchli parollar yaratish va xavfsiz internetdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 Tadbirda tayyorlangan taqdimot asosida kiberxavfsizlikning muhim jihatlari, axborot tizimlarini himoyalash usullari hamda zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish choralari yoritildi.

 Shuningdek, elektron kataloglar, ma’lumotlar bazalari va raqamli resurslardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, axborotning maxfiyligi, butunligi va mavjudligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр