10/12/2020 - 12:55
1992 yil 10 dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.
Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va etuk insonlar bo‘lib voyaga etishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

10/12/2020 - 12:42
https://www.infocenter.uz/docs/ru/news/bibliotechnyy-obzor-nemeckiy
08/12/2020 - 12:27
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaymiz! Mamlakatimizga ravnaq, ulkan yutuqlar va barqaror taraqqiyot tilaymiz!
 
18/11/2020 - 09:34
 «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
22/10/2020 - 09:55
Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu - uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir nillat sifatida biriktiradi, ya`ni xalqni - xalq, millatni - millat qiladi.
Mirzo Ulug`bek tumani Axborot-kutubxona markazi hammasi O`zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklaydi.
20/10/2020 - 12:17
2020 yil 17 oktyabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman Axborot-kutubxona markazida "Ommaviy diktant" bo`lib o`tdi, bu tadbir 17-marotaba o`tkazilayotgan bo`lib, bu yil dunyoning 70dan ortiq davlatlarini qamrab olgan. "Ommaviy diktant" - 2004 yilda Novosibirsk Davlat universitetida tashkil etilgan bo`lib, faol va g`amxo`r odamlar, shuningdek, sheriklikda amalga oshiriladigan jamoat loyihasi.
Ushbu loyihaning O`zbekistondagi sheriklari: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali, Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tuman Axborot-kutubxona markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o`zbek tili va adabiyot universiteti, Rossiya hamkorlik tashkilotining O`zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti va O`zbekiston Rus madaniyat markazi.
Loyiha ma`muri - Mirzo Ulug`bek tuman AKM xodimi - Jestovskix Galina Anatolyevna, notiq - 211-sonli maktabning rus tili va adabiyoti o`qituvchisi Kim Yelizaveta Davydovna bo`ldi. Loyihada talabalar, maktab o`quvchilari va Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi fuqarolar qatnashdilar. 
  
12/10/2020 - 13:49
Tezkor yangilik!!!
Mirzo Ulug`bek tumani Axborot-kutubxona markazi "Tilga e`tibor - elga e`tibor" mavzusida k`orik-tanlov e`lon qiladi.
Ko`rik-tanlov Davlat tili kuniga bag`ishlanadi.
Barchani ushbu ko`rik-tanlovga taklif qilamiz.
Ko`rik-tanlov shartiga muvofiq bajarilgan ishlar 2020 yil 20 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Ko`rik-tanlovda 17 yoshgacha bo`lgan o`g`il-qizlar qatnashishlari mumkin.
G`oliblar quyidagi nominatsiya bo`yicha aniqlanadi:
1) O`zbekiston yozuvchi va shoirlarini Vatan va Davlat tili haqidagi she`riy asarlarini badiiy o`qish.
2) Vatan va Davlat tiliga bag`ishlangan qo`shiqlarni ijro etish (o`zbek va boshqa tillarda).
3) Til mavzusida maqolalar, maqollar va iboralar bilan prezentatsiya va videoroliklar tayyorlash.
Barcha shartlarni Telegram-kanallimizga yuborishingiz mumkin.
Telefonlar: +998(90) 972-52-24 - Jestovskix G.A.
                 +998(93) 5790-01-15 - Sadykov R.V.
02/10/2020 - 12:27
Qadrli ustoz va murabbiylar! Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etamiz. Sizlarga bu mashaqqatli kasbda doim omad sizni hamrohingiz bo`lishiga tilakdoshimiz!
28/12/2016 - 00:29
 
" O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 80 yoshda (1936) "



Pages

Subscribe to Новости