Nemis o'quv zalining yubileyi

 

2013 yil 9 noyabr kuni TSKHK ARMining (Х.Olimjon maydoni) Nemis o'quv zalida “TSKHK ARMi va Toshkentdagi Gyete-institutning hamkorlikdagi samarali faoliyatining 10 yilligi”ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tadi.

 

Press-reliz                                   Hamkorlar o'rtasidagi samarali faoliyatning                           10 yilligi

 

   Toshkent sanoat kasb-hunar kollejining L.N. Tolstoy nomli Axborot-resurs markazida 10 yil davomida, o'zaro foydali shartnoma asosida Gyete-institut Tashkent bilan hamkorlikda tashkil etilgan nemis o'quv zali faoliyat olib bormoqda.

  Nemis o'quv zali - zamonaviy nemis o'quv zalani andozasi bo'lib, unda dolzarb fond va zamonaviy texnika jamlangan, foydalanuvchilarga nemis tilidagi 5000ta nusxadan ziyod adabiyot, audio va video materiallar bilan erkin foydalanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan, undan tashqari bir yilda nimis o'quv zaliga Germaniyada nashr qilingan 20tadan ziyod va vaqtli matbuot nashrlari keltiriladi. Fond quyidagi mavzular buyicha taqdim qilingan: mamlakatshunoslik, san'at, madaniyat, badiiy adabiyot, nemis tilini o'rganish uslubiyoti, iqtisodiyot va huquqshunoslik.

   Bu foydalanuvchilarga nemis tilida Germaniya to'grisida axborot-kutubxona resurslarini taqdim etuvchi, Toshkent shahridagi yagona Axborot-resurs markazidir.

   Nemis o'quv zalining faoliyati mobaynida Gyete-institut Tashkent mablag'lari hisobiga fond doimoto'ldirilib kelmoqda.

   Shundan ko'rinib turibdiki, ushbu nemis o'quv zali foydalanuvchilar o'rtasida mashhurdir.

   Har yili unga 1000tadan ziyod kishi tashrif buyuradi, nafaqat poytaxt, balki boshqa mintaqalar aholisi ham, foydalanuvchilar sonining eng kattasini o'quvchi yoshlar: maktab o'quvchilari, oliygoh talabalari, kollej va litsey o'quvchilari tashkil etadi.

   Nemis o'quv zali faoliyati nafaqat axborot talablarni qondirish uchun, balki O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi ta'lim va madaniyat sohalarida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

   Ushbu loyihani amalga oshirish - bu bir martalik ijtimoiy aktsiya emas, balki uzoq davom etadigan hamkorlarning o'zaro faoliyatini ko'zda tutadi. Bular barchasi, keyingi do'stlik aloqalarni rivojlanishiga, mamlakatlarimizni bir-birini chuqur tushunishga yordam beradi.

 

Источник: 
Axborot Resurs Markazi