27/11/2024 - 11:30






Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 26-noyabr kuni “S.I. Ojegov lug'atining 75 yilligi” munosabati bilan kitob korgazmasi va davra suhbati b'olib o'tdi.


Tadbirda Ojegovning ilmiy merosi, lug'atshunoslikdagi o'rni va uning "Rus tili izohli lug'ati" haqida keng muhokamalar bo'lib o'tdi. Shuningdek, kitobxonlar lug'atlarni yaratish va tilning rivojlanishi masalalari yuzasidan fikr almashdilar, Ojegovning lug'atshunoslik sohasidagi ulkan hissasi va lingvistik yutuqlari haqida so'z yuritdilar.


Kitob ko'rgazmasida Ojegovning lug'atlari, ilmiy asarlari va rus tilining taraqqiyotiga qo'shgan hissasi haqida materiallar namoyish etildi.
Davra suhbatida ishtirokchilar S.I. Ojegovning lug'ati nafaqat ilmiy va pedagogik ahamiyatga ega, balki rus tilini o'rganish va unga qiziqqanlar uchun ham muhim manba ekanligini ta'kidlab o`tdilar.
 






23/11/2024 - 11:21






2024-yil 22-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "O'qiganingizni baham ko'ring" shiori ostida kitobxonlar o'rtasida davra suhbati o'tkazildi.


Ushbu davra suhbati kitobxonlar o'rtasida kitoblarni o'qish, ulardan olingan taassurotlar va fikrlar bilan o'rtoqlashish, o'zaro fikr almashish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. Ishtirokchilar o'qigan kitoblari haqida suhbatlashib, o'zaro bilim almashdilar va o'qishning ahamiyati naqadar foydali ekanligi haqida fikr yuritdilar.


Shuningdek, ularni o'qigan kitoblari bilan boshqalarni ham tanishtirdilar va boshqa kitobxonlarning fikrlarini eshitib o'z dunyoqarashlarini kengaytirdilar.






19/11/2024 - 11:19






2024-yil 19-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi" mutaxassislari Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, axborot-kutubxona markazi va kutubxona fondi bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif doirasida, muzey mutaxassislari kutubxona faoliyati, uning resurslari, xususan kutubxona fondi va axborot xizmati bilan tanishib, o'zaro tajriba almashdilar.


Tashrif davomida muzey mutaxassislari kutubxona xodimlari bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, qatag'on qurbonlari haqidagi ma'lumotlarni izlab topish, ko'paytirish va keng ommaga tarqatish borasida fikr almashdilar. Bu kabi tadbirlar, kutubxona va muzeylar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, o'zaro manfaatli ishlarga yo'l ochishga hissa qo'shishi ta'kidlab o`tildi.
 






18/11/2024 - 11:17






2024-yil 18-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun” munosabati bilan 211-maktabda “Bayrog'imiz bizning faxrimiz” nomli kochma tadbir o'tkazdilar.


Tadbirda davlat bayrog‘ining tarixi, uning ramziy ma'nosi va mustaqil O‘zbekistonning milliy ramzlari haqida ma'lumotlar berildi.


Shuningdek, o'quvchilarga bayroqning ahamiyati, milliy birlik va istiqlolni ramziy ifodalaydigan mazmuni haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida o'quvchilarning savollariga javob berilib, ularga bayroq bilan bog'liq turli qiziqarli faktlar taqdim etildi, viktorinalar o'tkazildi. Oquvchilar ham o'z o'rnida davlatimiz bayrog'i to'g'risidagi she'rlari bilan faol qatnashib, she'rhonlik qilishdi. Tadbirda faol qatnashib, viktorinalarga topqirlik bilan javob bergan o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.


AKM mutaxassislar tomonidan kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o`tkazildi.
 






18/11/2024 - 11:15






Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 18-noyabr kuni “Bayrog'imiz bizning faxrimiz. 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun” munosabati bilan kitob ko'rgazmasi va tadbir o'tkazildi.


Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston bayrog‘ining ramziy mazmuni, tarixi, uning yaratilish jarayoni haqida kitoblar, tarixiy materiallar, foto-suratlar va boshqa hujjatlar namoyish etildi. Kitoblar orqali ishtirokchilarga davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan ma'ruzalar, bayroqning tarixiy ahamiyati haqida qisqacha tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekistonning mustaqillik davridagi yutuqlari haqida ma'lumotlar taqdim etildi.


Bu kabi tadbirlar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va davlat ramzlariga nisbatan hurmatni oshirishga qaratilgan bo'lib, mamlakatning tarixiy va madaniy merosini chuqurroq tushunishga hissa qo'shishi ta'kidlab o`tildi.
 






18/11/2024 - 11:08






2024-yil 15-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida “16 noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni” munosabati bilan taqdimot o'tkazildi.


Ushbu tadbirda bag'rikenglik va tinchlikni saqlash, turli madaniyatlar o'rtasidagi muloqotni rivojlantirish, bir-birini o'zaro tushunish, ijtimoiy adolat va tenglikni qo'llab-quvvatlash masalalari haqida fikr yuritildi.


Ishtirokchilar bag'rikenglikning ahamiyatini, jamoalararo aloqalarni mustahkamlash, va har bir insonning huquqlarini hurmat qilish zarurligini ta'kidlab o'tishdi. Shu bilan birga, tadbirda dunyo bo'ylab bag'rikenglikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan turli ijtimoiy va madaniy tashabbuslar haqida ma'lumot berildi.


Kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o'tkazildi.
 






18/11/2024 - 11:07
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 2024-yil 14-noyabr kuni O'zEkspomarkazda bo'lib o'tgan “Innoweek – 2024” doirasida “Nufuzli xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalaridan foydalanish va kutubxonalarning raqamli transformatsiya darajasini oshirish” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etishdi.
Seminarda global miqyosda kutubxonalarda qo'llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, raqamli resurslar, ma'lumotlarni boshqarish tizimlari, sun'iy intellekt, va boshqa ilg'or texnologiyalar haqida ma'lumotlar namoyish etildi.
Kutubxonalar uchun yangi tendensiyalar, texnologik yutuqlar va raqamli transformatsiyani qanday qo'llash kerakligi haqida taqdimotlar o'tkazildi.
 
18/11/2024 - 11:05






2024-yil 14-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida “Siz qonunni bilasizmi?” shiori ostida “20 noyabr - BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya qabul qilingan kun (1989)” munosabati bilan kitob ko'rgazmasi o'tkazildi.


Ko‘rgazmada bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya haqida kitobxonlarga ma'lumot berildi, shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilishning ahamiyati muhimliligi tushuntirildi va bolalar huquqlariga oid kitoblar, ilmiy ishlar, illyustratsiyalar, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning materiallari namoyish qilindi. Kitobxonlar o'rtasida ushbu mavzuda viktorina o`tkazildi.
 






12/11/2024 - 11:03






2024-yil 12-noyabr kuni Mirzo Ulugbek tuman axborot-kutubxona markazida “10 noyabr – Butunjahon yoshlar kuni” munosabati bilan taqdimot o`tkazildi. Ushbu tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini rivojlantirish va yoshlarning dunyo bo`ylab ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini oshirib, ularni ijtimoiy mas`uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalash ekanligi ta`kidlab o`tildi.


Taqdimotda yoshlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, butunjahon miqyosida o‘zgarishlar qilishda ularga qanday yordam berilishi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, taqdimot davomida yoshlar o‘z orzulari, kelajakdagi rejalari va bugungi kunning muhim masalalari haqida o‘rtoqlashishdi.

 
 





08/11/2024 - 11:02






Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 8-noyabr kuni “7 noyabr – shoir, faylasuf, naqshbandiylikning atoqli namoyondasi Abdurahmon Jomiy (Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad Jomiy, 1414-1492) tavalludining 610 yillligi” munosabati bilan tadbir o'tkazildi.


Tadbirda Jomiyning she'riyatiga, falsafiy qarashlariga va Naqshbandiylik tariqatidagi o'rniga bag`ishlangan adabiyotlar, ilmiy-nazariy izlanishlar taqdim etildi. Shuningdek, Jomiyning hayoti va ijodi, uning nafaqat shoirlik, balki tasavvufiy bilimlari va axloqiy tafakkuridagi o'rni haqida so'z yuritildi. Jomiyning "Guliston" va "Bustan" kabi asarlari, uning tafakkurining naqshbandiylik tariqatining ta'limotlari bilan qanday bog'liqligi, tasavvuf va falsafaning adabiyotga qo'shgan hissasi haqida ham alohida bahs yuritildi.






Pages

Subscribe to Новости