06/11/2024 - 09:45
2024-yil 5-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Mirzo Ulug'bek AKM mutaxassislari va “Danko” adabiy-ijodiy birlashmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Xalq shoiri Aleksandr Arkad'evich Faynberg (1939-2009) tavalludining 85 yilligiga bag'ishlangan adabiy kecha bo'lib o'tdi.
Adabiy kechada “Danko” adabiy-ijodiy birlashmasi a'zolari juda faol ishtirok etishdi va shoirning asarlaridan namunalar keltirib, she'rxonlik o'tkazishdi. Shu jumladan, kechada shoirning adabiyotdagi o'rni, ijodi va uning zamonaviy adabiyotga ta'siri muhokama qilindi. Faynbergning asarlari, uning yozuvchilik uslubi va qarashlari haqida ham gapirib o'tildi.
Tadbir ishtirokchilari shoir bilan shaxsan yuzma-yuz kelganliklari haqida va u bilan bo'lib o'tgan qiziqarli voqea-hodisa va ma'lumotlar bilan bo`lishishdi.
30/10/2024 - 09:43
Joriy yilning 29 oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida "Yangi O'zbekiston kutubxonadan boshlanadi" nomli kutubxona darsi bo'lib o'tdi.Usbu tadbirda tumandagi 50-maktab o'quvchilari, maktab kutubxonachisi Maksim Borisovich, o'qituvchilar va ota-onalar faol qatnashdilar.
Mutaxassislar tadbir ishtirokchilariga axborot-kutubxona haqida ma'lumot berbilar va kutubxona bo'ylab ekskursiya o'tkazdilar.
Tadbir davomida o'quvchilar mutaxassislar tomonidan tayyorlangan qiziqarli viktorina savollariga topqirlik bilan javob berdilar.
Tadbirda faol qatnashgan o'quvchilar kitob bilan taqdirlandi.
26/10/2024 - 09:42
2024-yil 25-oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida "INFOLIB O'ZBEKISTON–2024" haftaligi doirasida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: oilaviy kitobxonlik avlodlarni birlashtiradi” loyihasi doirasida mavzusida ko'rgazma va taqdimot o'tkazildi.
Kino bo'lib qayta jonlangan asarlar ko'rgazmasi juda qiziqarli bo'ldi. Ko'rgazmada mashhur kinolarning yaratilishiga asosiy turtki bo'lgan klassik asarlarning taqdimoti o'tkazildi. Unda kitob va kino o'rtasidagi aloqalar muhokama qilindi. Kitobning kinoga qanday ta`sir qilgani, mualliflar, kinoga moslashtirish jarayoni haqida fikrlar bildirildi.
24/10/2024 - 09:26
2024-yil 24-oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida "INFOLIB O'ZBEKISTON–2024" haftaligi doirasida “Yangi adabiyotlar” taqdimoti o'tkazildi. AKM mutaxassislari tomonidan “Zamondosh klubi” a'zolari uchun kitoblarga bibliografik sharh berildi. Yangi adabiyotlar bo`yicha qiziqarli kitoblar muhokama qilindi va davra suhbati olib borildi. 23/10/2024 - 12:03
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, "Lashkarbegi" MFY faollari va mahallaning "Keksa va nuroniylar Kengashi" raisi Zulfiya Rasuliy bilan birgalikda, 2024-yil 22-oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi"da bo`lib o`tgan "Siyosiy qatag`on qurbonlarini yod etish" haqidagi tadbirda ishtirok etishdi.
Tadbirda qatag`on qurbonlari tog`risida juda muhim ahamiyat kasb etgan ikkita kitob taqdimoti bo`lib o`tdi. Ulardan biri “Tarixning noma`lum sahifalari” 11-jildi to`plami bo`lib, unda ilmiy maqolalar, hujjat va materiallar, xotiralar o`rin olgan. Ikkinchi kitob esa O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda nashr etilgan “Tarix: xotira, xulosa va saboqlar” deb nomlangan.
Shuningdek, tadbirda qatag`on qurbonlarining nevara-ajdodlari ham qatnashib nutq so`zladilar va qatag`on qurbonlarining hayotlari va faoliyatlari haqida qiziqarli bo`lgan kamyob ma`lumotlar bilan bo`lishdilar.
21/10/2024 - 11:57
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 21-oktabr "O‘zbek tili to‘g‘risidagi" Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan "Til borki - millat barhayot" deb nomlangan kitob ko'rgazmasi tayyorladilar.
Ko'rgazmada o'zbek tili tarixi, til haqida buyuklar so'zlari va til haqidagi kitoblar o'rin olgan.
21/10/2024 - 10:35
2024-yil 21-oktabr kuni INFOLIB-2024 haftaligi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 211-sonli maktabda “Mendagi barcha yaxshiliklar uchun kitobdan qarzdorman” mavzusida sayyor tadbir o‘tkazildi.
AKM mutaxassislari o`quvchilarni “INFOLIB UZBEKISTON – 2024” Milliy axborot-kutubxona haftaligi dasturi bilan tanishtirdi, kutubxonalarda yaratilgan yangi shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi, kitob ko‘rgazmasiga bibliografik sharh o‘tkazdi.
“Kitob o`qish foydali – o‘qimaslik zarar”shiori ostida kitob taqdimoti qilindi, “O‘qiganingizni baham ko‘ring” mavzusida Aleksandr Volkovning “Zumrad shahar sehrgari” asarining 85 yilligiga bag'ishlangan taqdimot qilindi va viktorina o‘tkazildi.
18/10/2024 - 10:30
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazining nemis o`quv zalida 2024-yil 16-oktyabr kuni "15-oktyabr nemis faylasufi Fridrix Nitsshe tavalludining 180 yilligi (1844-1900)" munosabati bilan tadbir o`tkazildi. Tadbirda faylasufning hayoti va ijodi, asarlari, falsafiy g`oyalari muhokama qilindi. Uning kitoblari ko`rgazmasi o`tkazildi, kitoblarga bibliografik sharh berildi. 17/10/2024 - 10:07
2024-yil 16-oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida AKM mutaxassislari tomonidan "Lermontov siymosi abadiydir" nomli shoirning 210 yillik tug'ilgan kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.Tadbirda "Tabiiy va aniq fanlar"ga ixtisoslashgan S.H. Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litsey o`quvchilari va litseyning rus tili o`qituvchisi Nazirova Saodat Normatovna ishtirok etishdi. Tadbirda nafaqat Lermontov ijodi bo`yicha, balki rus adabiyotining yirik va mashhur namoyondalarining ijodi bo'yicha o'quvchilar o'rtasida she'rxonlik va viktorinalar bo'lib o'tdi. Shoirning asarlari muhokama qilindi. Rus adabiyoti va Lermontov asarlari bo'yicha tayyorlangan kitob ko'rgazmalariga bibliografik sharh berildi. Faol ishtirok etgan o'quvchilarga kitob sovg'a qilindi. Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
09/10/2024 - 10:04
2024-yil 7-oktyabr kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazida "Yilning eng yahshi axborot-kutubxona mutaxassisi-2024" ko`rik tanlovining ll hududiy bosqichi bo`lib o`tdi.Tanlovda 11 nafar ishtirokchi qatnashishdi. Shu jumladan, Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Islomova Dilbar Djurayevna ham ishtirok etdilar va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
