19/12/2024 - 10:00
2024-yil 18-dekabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va klub a'zolari, yosh kitobxonlar bilan birgalikda tashrif buyurishdi.
Ushbu uchrashuv davomida, O'zbekiston Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasining faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi, kitobxonlar kutubxona faoliyati bilan tanishib, ilmiy va tibbiy adabiyotlar haqida ma'lumot oldilar, kutubxonada mavjud resurslar va ilmiy ishlar haqida bahs-munozaralar o'tkazdilar.
Shuningdek, tadbirda Toshkentda ishlagan taniqli jarroh haqida ham so'zlab berildi. Uning kasbiy yutuqlari va tibbiyot sohasidagi katta hissasi haqida ma'lumotlar taqdim etildi.
Ushbu uchrashuv o'quvchilar uchun o'z kelajaklarini belgilashda, tibbiyot sohasida ishlashga qiziqish uyg'otishda juda muhim turtki bo`ldi.
19/12/2024 - 09:56
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi barcha kitobsevarlarni 2024-yil 18-dekabr kuni tashkil etilgan “Yangi kitoblar bilan tanishing” mavzusidagi kitoblar ko‘rgazmasiga taklif etadi. Sizni yangi, qiziqarli va foydali kitoblar bilan tanishishga chaqiramiz!
Ko'rgazma doirasida ilmiy, badiiy va adabiy mumtoz asarlar, shuningdek, yoshlar uchun mo'ljallangan kitoblar namoyish etilgan. Ushbu kitoblar sizni o`zingizni yangi dunyolar bilan tanishtirishga yordam beradi. Bu ajoyib imkoniyatdan foydalanib, yangi kitoblarni o‘qish va o‘zingizga kerakli asarlarni topish uchun kutubxonamizga tashrif buyuring.
14/12/2024 - 09:53
2024-yil 13-dekabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan yosh kitobxonlar uchun "Oilamizdagi sevimli ertaklar" nomli ko`chma tadbir o`tkazildi. Tadbir 18-maktabda o`tkazilib, o`quvchilarga oilaviy ertaklar orqali o`qishning ahamiyatini tushuntirishga qaratildi. Yosh kitobxonlar o`zlarining sevimli ertaklari haqida suhbatlashib, ularning mazmuni va qahramonlari haqida gapirib berdilar.

Shuningdek, tadbir doirasida viktorina va kitob ko`rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko‘rgazmasida ertaklar va turli xildagi bolalar adabiyoti taqdim etilib, kitoblarga sharh berildi.
O‘quvchilar o‘zlarining sevimli kitoblarini boshqalar bilan baham ko‘rish orqali o‘zaro tajriba almashdilar.
13/12/2024 - 09:50
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 12-dekabr kuni buyuk shoir va adib Hamid Olimjonning (asl ismi - Hamid Alimdjanovich Azimov; 1909 yil 12 dekabr - 1944 yil 3 iyul) tug'ilganiga 115 yil to'lishi munosabati bilan “Hamid Olimjon – dillarda mangu barhayot” nomli taqdimot tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari shoirning hayoti va ijodini yodga olib, uning adabiyotga qo'shgan katta hissasi haqida fikr almashdilar. Shuningdek, shoirning she'rlari, asarlari, va uning o'ziga xos uslubi, hamda uning xalqqa bo'lgan aloqasi va xalqning qalbida o'rnashgan o'rni haqida so'z yuritildi. Tadbir davomida Hamid Olimjonning ko'plab asarlaridan namunalar keltirilib, uning ijodining milliy madaniyatimizdagi o'rni muhokama qilindi. Kitob ko`rgazmasiga bibliografik sharh berildi.
 
 
11/12/2024 - 11:42
2024-yil 10-dekabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston ramzlari” “10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil to‘lganligi” munosabati bilan kitob ko`rgazmasi va taqdimot o`tkazildi. Taqdimotda davlatimizning muhim ramzlaridan biri bo`lgan milliy madhiyamiz haqida ma`lumotlar berildi, hamda ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining yaratilish tarixi, mazmuni va ularning O‘zbekistonning mustaqil va erkin davlat sifatidagi o‘rnini anglatishdagi roli haqida ma'lumotlar taqdim etildi.
 
06/12/2024 - 11:37






2024-yil 6-dekabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Mirzo Ulug'bek tuman AKM mutaxassislari va tumanimizning 50-maktab o'qituvchilari bilan hamkorlikda "Biz kitob o'qishni va qahramonlarni organishni yaxshi ko'ramiz" nomli yosh kitobxonlar uchun adabiy kecha o'tkazildi.


Tadbirda, fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperining hayoti va ijodi, shuningdek, uning eng mashhur asari bo'lgan "Kichkina shahzoda" kitobi haqida keng ma'lumot berildi.


Shuningdek, o'quvchilar uchun viktorina va qiziqarli interaktiv savol-javoblar o‘tkazilib, ular yozuvchining hayoti va asarlari haqida bilganlarini sinab ko‘rishdi.
Ushbu uchravuv yosh o'sib-ulg'ayib kelayotgan kitobxonlarda yana ham ko'proq kitob o'qishga, ilm olishga bo`lgan mehr-muhabbat va intilishlarini kuchaytirishda ulkan imkoniyat yaratib berdi.
 






06/12/2024 - 11:36






Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 6-dekabr kuni “8 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – hayotimizning asosiy qomusi” shiori ostida kitob ko`rgazmasi va tadbir o`tkazildi.
Ko'rgazmada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tarixiy ahamiyati, asosiy tamoyillari va fuqarolarning huquqlari haqida ma'lumot beruvchi kitoblar, ilmiy-nazariy asarlar va boshqa adabiyotlar namoyish etildi. Tadbirda Konstitutsiyaning xalq hayotidagi o'rni, davlatning huquqiy asoslari va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashdagi roli haqida ham so'z yuritildi.
O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va halqimizning huquqiy ongini oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ahamiyati naqadar yuksak ekanligi ta`kidlab o`tildi.
 






04/12/2024 - 11:34






2024-yil 4-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “8 dekabr - O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan 211-maktabda “Konstitutsiya – mening huquqlarim qo‘riqchisi” nomli ko‘chma tadbir o‘tkazildi.


O‘quvchilarga Konstitutsiyaning ahamiyati, uning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi roli tushuntirildi.


Tadbir davomida o‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, huquqlari, va davlat tizimining asoslari bilan yaqindan tanishtirib, ularga Konstitutsiyaga rioya qilishning zarurligi va uning har bir fuqaro uchun qanchalik muhimligi haqida tushunchalar berildi.


Shuningdek, ko‘chma tadbirda o‘quvchilar bilan interaktiv usullar orqali savol-javoblar, suhbatlar va viktorinalar tashkil etildi. Topqirlik bilan faol ishtirok etgan o'quvchilarga sovg'alar topshirildi.
 






02/12/2024 - 11:33






2024-yil 2-dekabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayol va qonun” mavzusi doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi katta o'qituvchisi D.U. Sufiyevaning “Gender-huquqiy ekspertiza o'tkazish bo'yicha o'quv qo'llanma” nomli kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.


Tadbir ishtirokchilari D.U. Sufiyevaning asari orqali gender huquqi va uning zamonaviy dunyoda qanday ahamiyat kasb etayotgani haqida kengroq tushuncha olishdi. Kitobda, ayniqsa, ayollar huquqlarini himoya qilish va gender tengligini ta'minlashda yuridik ekspertizaning o'rni naqadar ahamiyatli ekanligi ta'kidlab o'tilgan.


Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida keltirilgan ayollarning huquqlari bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Konstitutsiya orqali erkak va ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi, jumladan, ayollarning mehnat huquqlari, ta’lim olish huquqi va sog‘liqni saqlash tizimida himoya qilinishi haqidagi huquqlari to'g'risida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini ta’minlash, gender tengligini adolatli hal qilish masalalari muhokama qilindi.
 






30/11/2024 - 11:31






2024-yil 29-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi mutaxassislari tashrif buyurib, “Mutolaa” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazdilar.


Ushbu uchrashuvda mutaxassislar yoshlar o‘rtasida "Mutolaa" loyihasi platformasini keng yoyish, kitob o‘qishning ahamiyatini oshirish, bilim olish va intellektual salohiyatni kuchaytirish kabi masalalarni muhokama qildilar.


Jumladan, "Mutolaa" loyihasi platformasi, kitobxonlarga kitoblarni raqamli formatda audio va video variantlarini taqdim etishini aytib otdilar va bu esa o'z o'rnida o‘quvchilarga o‘qish, eshitish va ko‘rish orqali bilim olish imkoniyatlarini keng yaratib berishini ta`kidladilar.
 






Pages

Subscribe to Новости