04/11/2022 - 17:10
4.10.2022 “INFOLIB O'zbekiston 2022” haftaligi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yosh kitobsevar” klubi a’zolari uchun Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda O‘zbekistonning tarixiy “Oltin merosi”ga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
03/11/2022 - 18:42
2022-yil 3-11-kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB Uzbekistan – 2022” XI Milliy haftaligi doirasida yoshlarni kitobxonlikka yanada qiziqishlarini uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida “Kitobni varaqlab dunyoni ochamiz” nomli konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida AKM mutaxassislari kitobning inson kamolotidagi ahamiyati, zamonaviy dunyoda kutubxonaning vazifalari haqida so‘z yuritdilar.
7-sinf o‘quvchilari maktab dasturidan tashqari o‘zlari o‘qigan sevimli kitoblari muhokamasida, viktorinalar va adabiy o‘yinlarda faol ishtirok etdilar.
03/11/2022 - 18:36
2022-yil 3-noyabr kuni Toshkent shahrida kutubxonachilik yo‘nalishi bo‘yicha "YILNING ENG YAXSHI AXBOROT-KUTUBXONA MUTAXASSISI" TANLOVINING G'OLIBLARI ANIQLANDI!
Ushbu tanlov yakuniy natijalari quyidagilar:
1-o‘rin — O'zbekiston Milliy kutubxonasining mutaxassisi Gulnoza Kuliyevaga nasib bo'ldi;
2-o‘rin — Andijon viloyati axborot-kutubxona markazining mutaxassisi Shohida Shokirova ega bo'ldi;
3-o‘rin — Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining mutaxassisi Elvira Valiyeva ega bo'ldi.
O'Z KASBINI MAHORATLI USTALARINI TABRIKLAYMIZ
BARCHA ISHTIROKCHILARGA MEHNAT FAOLIYATIDA MUVAFFAQIYAT VA YANGI YUTUQLARGA EGA BOLISHIGA TILAB QOLAMIZ!
05/09/2022 - 12:04
3-sentyabr tarixiy Ikkinchi jahon urushi tugagan kun munosabati bilan “Rossiya hamkorlik tashkiloti”ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “G‘alaba diktanti” xalqaro aksiyasida O`zbekiston aholisi faol ishtirok etdi.Diktant bir vaqtning o‘zida poytaxtimizning to'rta joyida, jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida ham bo‘lib o‘tdi, bu yerda turli yoshdagi va turli kasb egalari Ikkinchi jahon urushi tarixi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun kelishdi.
01/09/2022 - 12:35
Istiqlolimizning 31 yilligi bayrami bilan
Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan
butun vatandoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo,
MUSTAQILLIGIMIZ ABADIY BO'LSIN!
17/08/2022 - 13:32
O‘zbekistonda o‘tgan yildan buyon iliq va samimiy bayram – Xalqlar do‘stligi kuni nishonlanadi.Bayram arafasida
O‘zbekistonda shakllangan milliy totuvlikning betakror namunasiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda
o‘zbeklar, ruslar, tatarlar,koreyslar, qozoqlar, tojiklar va boshqa 130 dan ortiq millat vakillari birgalikda
ishtirok etdilar.
O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kunini nishonlash doirasida “Sokol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida
“O‘zbekiston – mening ona Vatanim” tadbiri bo‘lib o‘tdi, unda Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi
direktori T.S. Alimxo'jaeva va AKM mutaxassisi - Tulupova V. ishtirok etdilar, ular tadbirda o`zlarining qiziqarli
viktorina va rasmlar tanlovini o'tkazdilar.
09/08/2022 - 11:32
Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida “Rossiya hamkorlik tashkiloti”ning O‘zbekiston Respublikasidagi
vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Men o‘zimdagi barcha yaxshilik uchun kitoblardan qarzdorman” nomli tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent shahar “Barkamol avlod” maktabi o`quvchilari, 211-maktab o‘quvchilari, “Asaka”, “Lashqarbegi” mahalla
fuqarolaryig‘inlari aholisining yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir juda qiziqarli o‘tdi, bolalar adabiy viktorina va o‘yinlarda faol ishtirok etishdi.
“Rossiya hamkorlik tashkiloti”ning vakili Suljina Irina Vladimirovna eng faol ishtirokchilarga kitoblar sovg'a qildi.
07/08/2022 - 10:35
Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining bibliografiya xizmati tomonidan O'zbekiston xalq shoiri,
bolalar yozuvchisi Anvar Obidjon hayoti va ijodiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi kitobxonlar e'tiboriga taqdim etildi.
04/08/2022 - 10:30
O‘zbekiston milliy bog‘i hududida “Xalqlar do‘stligi kuni” bayrami doirasida
“Kitoblar – do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning taniqli
adib va filologlari ishtirok etdi.
Mirzo Ulug‘bek tumani AKM direktori qiziqarli ma’ruza qildi, yosh avlod tarbiyasida kitobning ahamiyati
haqida gapirdi. O‘z nutqini ulug‘ A.Navoiyning:
"Olam ahli, bilingizkim,
ish emas dushmanligʻ,
Yor oʻling bir-biringʻizgakim,
erur yorligʻ ish"
degan so‘zlari bilan yakunladi.
