29/04/2026 - 17:04
 Joriy yilning 29-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Milliy uyg‘onish harakatining rahbari — Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 

 Ko‘rgazmada Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar hamda ma’rifiy manbalar namoyish etildi.
 
 Koʻrgazmaning asosiy maqsadi yosh avlodga jadidchilik harakati namoyandalarining bebaho merosini tanitish, Behbudiyning milliy ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlarini keng targ‘ib etishdan iborat.
 
 Ushbu kitob koʻrgazmasiga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman AKMda kutib qolamiz.
28/04/2026 - 17:14
Joriy yilning 28-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida  “Danko” klubining 28 yilligiga bag‘ishlangan hamda "Zamondosh" klubi a'zolari bilan birgalikda “Bahor barglarining aylanishi” nomli badiiy-musiqali kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir jarayonida klub a’zolari bahor mavzusiga oid o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish etdilar. Mazmunli she’rlar o‘qildi, fasl kayfiyatini ifodalovchi hikoyalar hamda asarlardan namunalar taqdim etildi, bu esa uchrashuvga yanada fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida bahor faslining inson kayfiyati va ijodga ta’siri haqida fikrlar bildirildi. Tadbir samimiy va ijodiy muhitda o‘tdi, ishtirokchilar o‘zaro iliq taassurotlar bilan bo‘lishdilar.








 
27/04/2026 - 16:37
 Joriy yilning 27-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga 60-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida kutubxona mutaxassislari tomonidan o‘quvchilar uchun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan “Vatan kuychisi — Muhammad Yusuf” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
​Tadbir davomida mutaxassislar shoirning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berdilar, uning she’rlaridan na'munalar ifodali oʻqib eshittirildi. Oʻquvchilar jarayonda faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
​Mazkur uchrashuv davomida Muhammad Yusufning Vatanga boʻlgan muhabbat va samimiy tuygʻular bilan yoʻgʻrilgan asarlari, kitoblari hamda saylanmalari tahlil qilinib, yoshlar qalbida adabiyotga boʻlgan qiziqish va hurmat yanada mustahkamlandi.





 
 
24/04/2026 - 16:46
#ekskursiya
Joriy yilning 24-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga 60-maktabning 4-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdilar.
Mutaxassislar tomonidan o‘quvchilar uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida ular kutubxonaning o‘quv zali hamda nemis o‘quv zali bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birga, o‘quvchilarga kutubxonada mavjud adabiyotlar, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Nemis o‘quv zalida o‘quvchilar ishtirokida qiziqarli viktorina tashkil etildi. Viktorina davomida bolalar faol qatnashib, o‘z bilimlarini namoyon etdilar. Mazkur tashrif o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.






21/04/2026 - 14:05
 Joriy yilning 21-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Sharlotta Bronte – qalblar mussaviri” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 

 
 Kitob ko‘rgazmasi ingliz adabiyotining yirik namoyandasi, jahon adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallagan Sharlotta Brontening ijodiy merosiga bag‘ishlandi. Unda yozuvchining inson ruhiyati, his-tuyg‘ulari va ayol qalbining nozik kechinmalarini chuqur ifodalagan asarlari yoritildi.
 
 Ko‘rgazma davomida Sharlotta Brontening hayoti va ijodi, uning “Jeyn Eyr”, “Shirli” va “Vilette” kabi mashhur asarlari taqdim etilib, ularning mazmun-mohiyati, qahramonlarining ruhiy olami hamda adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
20/04/2026 - 17:08
Joriy yilning 20-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “18-aprel – Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylar kuni” nomli kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.
Ushbu ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – yosh avlodni milliy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tarixiy obidalar va yodgorliklarning ahamiyatini anglashga chorlashdan iborat.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning qadimiy va betakror me’moriy yodgorliklari, tarixiy joylari hamda ularning xalqimiz hayoti va madaniyatidagi o‘rni haqida so‘z yurituvchi adabiyotlar namoyish etildi. Xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarning tarixiy taraqqiyoti, me’morchilik obidalari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilgan.
Bunday ko‘rgazmalar tarixiy xotirani tiklash, milliy o‘zlikni anglash hamda madaniy merosga bo‘lgan e’tibor va ehtiromni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.
20/04/2026 - 16:57
 Joriy yilning 20-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Jadidlar millatga nur sochganlar” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 

 
 Kitob ko‘rgazmasi jadid ma’rifatchilarining boy ilmiy va ma’naviy merosiga, ularning millat taraqqiyoti, uyg‘onishi hamda ma’rifatparvarlik yo‘lida amalga oshirgan ulkan xizmatlariga bag‘ishlandi.
 
  Kitob ko‘rgazmada jadidchilik harakatining mazmun-mohiyati, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati hamda ushbu ma’rifatparvarlarning bugungi avlod uchun qoldirgan ibratli g‘oyalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
17/04/2026 - 17:26
 Joriy yilning 17-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari uchun Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda profilaktik tadbir tashkil etildi.
 

 
 Tadbir doirasida Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bosh inspektori Aziz Axmedov tashrif buyurib, kutubxona xodimlari uchun favqulodda vaziyatlarda, xususan, yong‘in sodir bo‘lganda amal qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik qoidalari yuzasidan profilaktik dars o‘tkazdi.
 
 Dars davomida kutubxona binosida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, evakuatsiya yo‘laklarini to‘sib qo‘ymaslik hamda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yong‘in va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar ham taqdim etildi.
17/04/2026 - 17:23
 Joriy yilning 17-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida AKT mutaxassislari tomonidan “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Raqamli kutubxonlik” mavzusida elektron kutubxona imkoniyatlari bilan tanishish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
 

 
 Seminar davomida ishtirokchilarga zamonaviy elektron kutubxona tizimlari, raqamli resurslardan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, elektron kitoblarni izlash, yuklab olish va ulardan foydalanish tartiblari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
 
 Tadbirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti 1 va 2-bosqich talabalari faol ishtirok etdilar. Ular raqamli kutubxona imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
17/04/2026 - 17:02
 Joriy yilning 17-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Eng yaxshi asarlar” mavzusiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti tashkil etildi.
 

 
 Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni va “Oltin qalam” sohibasi, taniqli shoira Abdusamatova Muqaddas Salixovna o‘zining yangi ijod namunalari bilan ishtirok etib, talabalarga o‘z asarlarining yaratilish jarayoni hamda ijodiy qarashlari haqida so‘zlab berdi.
 
 Kitob taqdimotida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakultetining 1 va 2-bosqich talabalari faol ishtirok etib, shoira bilan samimiy muloqot qildilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Pages

Subscribe to Новости