17/04/2026 - 16:59
2026-yil 17-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakultetining 1 va 2-bosqich talabalari tashrif buyurishdi.Tashrif davomida talabalar uchun axborot-kutubxona markazi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida nemis o‘quv zali hamda o‘qish zallari bilan yaqindan tanishtirildilar.
Ekskursiya jarayonida talabalarga kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, zamonaviy axborot xizmatlari hamda elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kutubxona imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
16/04/2026 - 17:09
Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan birgalikda “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Navroʻzni ulug‘lash — insonni ulug‘lash” shiori ostida kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh o‘tkazildi.Kitob ko‘rgazmasi davomida ishtirokchilarga Navro‘z bayramining mazmun-mohiyati, uning tarixiy ildizlari hamda ma’naviy ahamiyatini yorituvchi adabiyotlar keng taqdim etildi. Shuningdek, bolalar adabiyotlariga alohida e’tibor qaratilib, yosh kitobxonlar uchun mo‘ljallangan asarlar namoyish etildi.
Bibliografik sharh davomida esa yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
16/04/2026 - 16:53
Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida 208-umumta’lim maktabida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tanlovda Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 24 ta maktabdan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z bilim va kitobxonlik madaniyatlarini namoyon etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan raqs va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek, tanlov jarayonida ishtirokchilarga turli savol-javoblar berilib, ularning badiiy asarlar, adabiyot va umumiy dunyoqarash bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
15/04/2026 - 16:10
Joriy yilning 15-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.Koʻrgazmada oilada mutolaa muhitini shakllantirish, onaning farzand tarbiyasidagi oʻrni hamda bolalarda kitobga mehr uygʻotish masalalariga oid adabiyotlar namoyish etildi.
Bibliografik sharh davomida taqdim etilgan kitoblarning mazmuni va ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida qisqacha maʼlumotlar berildi.
14/04/2026 - 15:11
Joriy yilning 14-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyida oʻtkazilgan kitob taqdimotida ishtirok etdilar. Tadbir mazkur muzey hamda Germaniyaning “Konrad-Adenauer-Stiftung” jamgʻarmasi hamkorligida tashkil etildi.Taqdimotda tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vaxapovich Hasanovning nemis tilida nashr etilgan “Von der Wtschk zum Gulag” (“VCHKdan GULAGgacha: sovetlarning qatag‘on siyosati va uning institutsional shakllanishi”) nomli monografiyasi keng jamoatchilikka tanishtirildi. Mazkur asarda XX asr boshlarida Turkiston hududida yuz bergan siyosiy jarayonlar, sovet davri qatagʻon siyosati hamda uning fojiali oqibatlari chuqur tahlil qilingan.
Kitobda milliy ziyolilarning shakllanishi, ularning jamiyatdagi oʻrni va milliy uygʻonish harakatlari hamda mustaqillik yoʻlidagi murakkab tarixiy bosqichlar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, qatagʻon qurbonlarining taqdiri va ularning matonatli kurashiga alohida e’tibor qaratilgan.
14/04/2026 - 15:05
Joriy yilning 14-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar huquqlari — taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi D.U. Sufiyeva olib bordi.Davra suhbati davomida ayollar huquqlarini ta’minlash, ularning jamiyat va iqtisodiyotdagi oʻrnini mustahkamlash, xususan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar hamda huquqiy mexanizmlar yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Tadbirda kutubxona mutaxassislari ham faol qatnashib, mavzu yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ushbu davra suhbati ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
13/04/2026 - 17:21
Joriy yilning 13-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Yosh kitobxon" klubi a’zolari bilan “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi”ga bag‘ishlangan “Kitob — ma’naviyat manbai” shoiri ostida ochilish marosimi va davra suhbati bo'lib o‘tdi.Ushbu davra suhbatida ishtirokchilar kitobning inson hayotidagi o‘rni va uning ma’naviy kamolotga ta’siri haqida fikr almashdilar.
Suhbat davomida yosh kitobxonlar o‘zlarining sevimli asarlari haqida so‘zlab berishdi hamda kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy rivojiga ta’siri yuzasidan fikr almashdilar. Ushbu davra suhbat yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
13/04/2026 - 17:18
Joriy yilning 13-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob — ma’naviyat manbai” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.Mazkur kitob koʻrgazmasida turli yoʻnalishdagi adabiyotlar jamlanib, kitobxonlarga keng tanlov imkoniyati yaratildi. Koʻrgazma orqali mutolaa madaniyatini yuksaltirish, yoshlar qalbida kitobga boʻlgan mehr va qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
11/04/2026 - 14:43
Joriy yilning 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Rossiya madaniyat markazi o‘quvchilariga "Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni"ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.Tadbir davomida o‘quvchilarga aviatsiya va kosmonavtika tarixi, mashhur kosmonavtlar hayoti hamda koinot tadqiqotlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari uchun ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, qiziqtirgan savollarini berib, faol ishtirok etdilar.
11/04/2026 - 14:37
Joriy yilning 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni" munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.Ko‘rgazmada aviatsiya va kosmonavtika tarixiga oid, mashhur kosmonavtlar hayoti, koinot tadqiqotlari hamda fan-texnika yutuqlarini aks ettiruvchi kitoblar namoyish etildi.
Ushbu ko‘rgazma orqali kitobxonlar koinot olami, insoniyatning kosmosni o‘rganish yo‘lidagi izlanishlari va ilmiy kashfiyotlar haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin.
Ko‘rgazma ilm-fanga qiziqishni oshirish hamda kitobxonlarni yangi bilimlar sari undashga xizmat qiladi.
