23/08/2023 - 00:00
23.08.2023 y. Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Kelajagimiz poydevori bugungi kun yoshlari” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar. 17/08/2023 - 00:00
17.08.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida Toshkent shahridagi “Rus uyi” bilan hamkorlikda Dog‘istonlik mashhur adib Rasul Gamzatov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilariga yozuvchining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan taqdimot taqdim etildi. Tadbirga AKM axborot-bibliografik xizmati tomonidan “Rasul Gamzatov – Dog‘iston xalq shoiri” nomli kitob ko‘rgazmasi tayyorlanib, bibliografik sharh o‘tkazildi.
Tadbir davomida shoirning she’r va qo‘shiqlari yangradi. Rasul Gamzatov mashhur “Turnalar” she`riga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konservatoriyasi talabasi Jumayev Doniyor ajoyib talqinda qo`shiq kuylab, barchaga unutilmas zavq taqdim etdi. Tadbir ishtirokchilari adib asarlari asosida o‘tkazilgan adabiy viktorinada faol ishtirok etdi.
Ushbu tadbir adibning o‘z asarlarida onaga, ayol siymosiga katta e’tibor bergani bois ham, kutubxonada o‘tkaziladigan"Kitobxon onalar kuni"ga bag`ishlab o`tkaziladigan tadbirga ulanib ketdi. Tadbir ishtirokcilari "ONA" so`ziga qalblaridagi tariflarni qog`ozga tushurib berdilar. Tadbir domgidanda qiziqarli va sermazmun bo`lib o`tdi.
09/08/2023 - 00:00
09.08.2023 Mirzo Ulug'bek tumani Axborot-kutubxona markazida “O'zbekiston oltin merosi” turkumidagi tadbir – Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari taqdimoti bo'lib o'tdi.AKM mutaxassislari Navoiy asariga bag'ishlangan taqdimot va buktub-videosida asarni yanada yoritib berdilar.
Taqdimotda asarning ahamiyati va zamonaviy voqelikdagi dolzarbligi haqida takidlab o'tildi.
Alisher Navoiy asari tahsinga loyiq fazilatlarga erishish tamoyillarini belgilab bergan holda “ma’naviy o‘zlikni takomillashtirish sirlarini” ochib beradi. Bu kitob keng foydalanuvchilar, ayniqsa, yoshlar uchun qiziqarli bo‘ladi.
Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan buyuk adib-shoir Alisher Navoiy ijodi asosida tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasiga bibliografik sharh o‘tkazildi.
08/08/2023 - 00:00
08.08.2023 O'zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomli Milliy kutubhona tomonidan 43-buyruq asosiga binoan 2023yil 10 iyuldan 10 avgustgacha "Dolzarb 30 kun" oyligi ichida TAKM xodimlarning yong'in xafsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar o'tkazilishi bilan ko'ra, Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Kasaba uyushmasi raisi Ishmuxamedova Zahro Komil qizi o'zining Yong'in xavfsizligi bo'yicha olgan bilimlari bo'yicha tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish, yong’in xavfsizligi talablarini to'g'ri ta’minlash bo'yicha "Yong'in xavfsizligining huquqiy asoslari" nomli davra suhbati o'tkazdi.Davra suhbati davomida TAKM xodimlariga binoni va xonalarni yong’indan saqlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, yong’in vaqtida qanday harakat qilish haqida to’liq ma’lumot berdi.Bundan tashqari yong’in chiqqan vaqtda xodimlar birinchi harakatni qanday bajarish zarurligi, o’t o’chirish anjomlaridan qanday foydalanish kerakligini amaliy tarzda ko’rsatib berdi.
03/08/2023 - 00:00
03.08.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Lashkarbegi” mahallasidagi bolalar maydonchasida “Kitobxon ona, kitobxon bola” dasturi doirasida “Kutubxonadagi yangi adabiyotlar” nomli ko`chma tadbir o‘tkazdilar.
Tadbirda buvijonlar, yosh onalar va bolalar yangi kitoblar bilan tanishib, mashhur bolalar asarlari bo‘yicha o‘tkazilgan adabiy viktorinada faol ishtirok etishdi.
Tadbir juda qizg`in va qiziqarli bo'lib o'tdi.
02/08/2023 - 00:00
02.08.2023 Mirzo Ulug`bek tumani axborot-kutubxona markazida Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabi o`quvchilari uchun "Kutubxonaga sayoxat" nomli ekskursiya tashkil etildi
O`quvchilar kutubxona tashkil etilish tarixi, kutubxona fondi, kutubxonada tashkil etilgan kitob ko`rgazmalari va kutubxona o`quv zallari va kutubxonadan foydalanish shart va sharoitlari bilan tanishdilar.
Tadbir yakunida o`quvchilar kutubxonaga a`zo bo`ldilar.
25/07/2023 - 00:00
25.07.2023 yil Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 14-sonli qarori va 2023-yil 10-apreldagi 2023 yil 26-sonli O‘zbekistoRespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarori asosida “Eng kitobxon oila” doirasida “Bizning oilada hamma kitob bilan do‘st” nomli eng yaxshi kitobxon oilasi tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – bolalar va kattalarni kitob mutolaasiga jalb etish, oilalarga ma’lumotli yordam ko‘rsatish, ota-onalarga bolani kitob mutolaasiga kiritishning texnika va usullarini ko‘rsatishdan iborat. Tanlovda 3 ta oila va yordamchi guruhlar ishtirok etdi. Tanlov 4 bosqichdan iborat bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘zlarining sevimli kitoblarini targ‘ib qilishda o‘zlarining adabiy bilim va qobiliyatlarini namoyish etdilar. Yordamchi guruhlar tanlovda faol ishtirok etdilar. Tanlov hakamlari tanlov shartlarini baholash vaqtida - yordamchi guruhlar, ya`ni kutubxonaning faol kitobxonlari va Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabi o`quvchilari uchun adabiy o'yinlar va viktorinalar tashkil etildi. Tanlov juda qiziqarli va adabiy tortishuvlarga boy bo`ldi. Barcha g‘oliblarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tanlovning hakamlar hay’ati tarkibi “Lashkarbegi” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari – Rasuliy Z.M. va Dadajanova D.M., shuningdek, Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabi psixologi – D.A. Ortiqovalar bo`lishdi. 18/07/2023 - 00:00
18.07.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan inson huquqlariga oid ma’rifiy tadbirlar doirasida “Adolat qonun ustuvorligida” nomli kitob ko`rgazmasiga bibliografik sharh o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.
TAKM mutaxassislari “My study” o‘quv markazi talabalarini huquqiy bilim asoslari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga oid adabiyotlar bilan tanishtirdilar.
17/07/2023 - 00:00
17.07.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Lashkarbegi” mahallasidagi bolalar maydonchasida “Kitobxon ona, kitobxon bola” dasturi doirasida “Kitoblar arg'imchog'i” tadbiri o‘tkazildi.
Ota-onalar va bolalar yangi kitoblar bilan tanishib, mashhur bolalar asarlari bo‘yicha o‘tkazilgan adabiy viktorinada faol ishtirok etishdi. Tadbir juda qiziqarli bo'lib o'tdi.
12/07/2023 - 00:00
Toshkent shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilari uchun “Al-Beruniy – Xorazmlik buyuk olim” mavzuida suhbat
12.07.2023y. Mirzo Ulugbek tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Toshkent shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilari uchun “Al-Beruniy – Xorazmlik buyuk olim” mavzuida suhbat o‘tkazdilar.
Suhbat chog‘ida olimning hayoti va faoliyati, qanday ilmiy kashfiyotlar qilgani, jahon ilm-fani rivojiga qanday beqiyos hissa qo‘shgani haqida so‘zlab berildi.
TAKM mutaxassislari olimning yaratgan asarlari va ular haqida so'zlab berishdi.
Suhbat ishtirokchilariga olim yaratgan asarlarni oqib chiqib, juda kop foydali va qiziqarli malumotlarga ega bo`lishliklarini bildirishdi. Ishtirokchilar suhbatda faol ishtirok etib, savollariga javob berishdi.
