06/03/2023 - 00:00
06.03.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot kutubxona markazi 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 211-maktab bilan hamkorlikda bayram tadbiri o`tkazdilarTadbirda o‘quvchilar ajoyib yorqin sahna ko‘rinishlari, O‘zbekistonning taniqli shoirlari va jahon klassiklari she’rlari, bahor va ayol go‘zalligi ramzi bo‘lgan milliy raqslarni ijro etdilar
Tadbir yakunida 211-maktab o‘quvchilari tomonidan yaratilgan “Nafosat gullari” nomli rasm va hunarmandchilik ko‘rgazmasi namoyish etildi
01/03/2023 - 00:00
01.03.23 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari o'zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan "Zulfiyaxonim - mehr-muhabbat va sadoqat timsoli" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar.Ko'rgazmada uning ma'lum va mashhur asarlari va u haqidagi qiziqarli ma'lumotlar joy olgan.
26/01/2023 - 11:36
2023-yil 26-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 211-sonli maktabda 9-sinf o‘quvchilari uchun “Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q” nomli kutubxona darsi o‘tkazildi.
Tadbir davomida suhbat bilan birga “Kitob tarixi” nomli taqdimot namoyish etildi.
“Zamonaviy kutubxonalar qanday bo‘lishi kerak, ular qanday kitoblarni o‘qishni hohlaydilar va kitob o‘qishdan nima foyda?” mavzuidagi muhokamada o'quvchilar faol ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida TAKM mutaxassislari kutubxona qoidalari va kitob tanlashda nimalarni bilishlari kerakligi haqida gapirib berishdi.
24/01/2023 - 15:11
2023-yil 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun “2023-yil – Insonga e'tibor va sifatli ta’lim yili” mavzusida suhbat va yilga bag'ishlab tayyorlangan kitob ko'rgazmasiga bibliografik sharh o‘tkazildi.AKM mutaxassislari tomonidan kutubxona zallari bo‘ylab sayohat uyushtirildi, talabalarni AKM fondlari bilan tanishtirildi, “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘li!” mavzusida suhbat o‘tkazildi.
16/01/2023 - 14:48
16.01.2023 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Zamondosh" klubi a'zolari uchun "Yangi adabiyotlar" kitob ko'rgazmasidagi kitoblarning bibliografik sharhini o'tkazdilar. Kitob ko`rgazmasida jahon klassiklari, zamonaviy nasr, sarguzasht va fantastika asarlari joy olgan. 16/01/2023 - 12:40
16.01.2023 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Vatan himoyachilari doimo e'zozda!" nomli kitob ko'rgazmasiga bibliografik sharh o'tkazdilar.
14/01/2023 - 10:24
Yurtimizning muhtaram posbonlari! Barchangizni 14-Yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz!
Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash — har bir erkakning Vatani oldidagi muqaddas burchidir!
Vatanimizning munosib himoyachilari, barchangizga eng ezgu istaklarimizni tilab qolamiz!
13/01/2023 - 14:21
13.01.2023 y. Vatanni qo'riqlash, uni e'zozlash har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Bizning har doim tinch va osuda hayot kechirishimizda ayniqsa vatanimiz himoyachilarining hissalari beqiyos.
Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatan himoyachilari - doimo e'zozda" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar.
Ko'rgazmada vatanimiz tinchligi va farovonligi uchun kurashgan buyuk sarkardalar, hamda hozirgi kun mard o'g'lonlari haqidagi kitoblar va qiziqarli ma'lumotlar joy olgan.
12/01/2023 - 12:50
Qishning anomal qorli sovuqlari davrida Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi kitobxonlarni doimiy rejimda qabul qiladi.
Axborot-kutubxona markazi ish kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha, shanba kuni esa 10:00 dan 16:00 gacha kitobxonlarga xizmat ko'rsatamiz.
