10/02/2026 - 16:56
 Joriy yilning 10-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida OʻzDJTUning “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun o‘quv amaliyoti doirasidagi navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi.
 

 Mashg‘ulot jarayonida talabalar tanlangan materiallarni tahlil qilish, reja bandlari, maqsad va vazifalarni shakllantirish, shuningdek, buktreylerlarni ovozli tarzda yozib olish, taqdimotlarni tuzish va ularni rasmiylashtirish orqali zamonaviy mediaformatlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
10/02/2026 - 16:47
Joriy yilning 10-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 112-sonli umumta’lim maktabida “Alisher Navoiy — gʻazal mulkining sultoni, mutafakkir va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 
Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, boy adabiy merosi hamda davlat arbobi sifatidagi faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etilib, o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.
 
Tadbir so‘ngida o‘quvchilar ishtirokida viktorina tashkil etilib, faol qatnashganlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
09/02/2026 - 17:03
 Joriy yilning 9-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida OʻzDJTUning “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun navbatdagi o‘quv amaliyoti doirasida mashg‘ulot o'tkazildi.

 
 Mashg‘ulot jarayonida talabalar AKM fondi hamda raqamli manbalar orqali o‘z buktreylerlari uchun mos axborotlarni to‘pladilar, ssenariy va vizual g‘oyalar ustida ishladilar. Shuningdek, talabalar o‘z buktreylerlarini yaratish uchun konsepsiyalar ishlab chiqib, ularni amalga oshirishga doir batafsil rejalarni shakllantirdilar hamda buktreylerlar uchun suratga olish ishlarini davom ettirishdi.
 
 Mazkur faoliyat talabalarining ijodiy fikrlashini kengaytirish, axborot bilan ishlash va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi.
09/02/2026 - 17:00
 Joriy yilning 9-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Alisher Navoiy — gʻazal mulkining sultoni, mutafakkir va davlat arbobi ” mavzusida kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi tashkil etildi.

 
 Bibliografik sharhda buyuk mutafakkir va mumtoz adabiyotning yirik namoyandasi Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, uning turkiy adabiyot taraqqiyoti, ma’naviyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini yorituvchi adabiyotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 
 
Shuningdek, Navoiy asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, ilm-ma’rifat, vatan va xalqga sadoqat g‘oyalari keng targ‘ib etilib, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.
06/02/2026 - 17:01
 Joriy yilning 6-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida OʻzDJTUning “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun navbatdagi o‘quv amaliyoti doirasida mashg‘ulot o'tkazildi.
 

 
 O‘quv amaliyoti davomida talabalar innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellektdan o‘z yo‘nalishlari bo'yicha foydalanish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
 
 Talabalar AKM fondi hamda raqamli manbalar orqali o‘z buktreylerlari uchun mos axborotlarni to‘pladilar, ssenariy va vizual g‘oyalar ustida ishladilar,  videoroliklarni suratga olish ishlarini boshladilar.
 
 Mazkur faoliyat talabalarining ijodiy fikrlashini kengaytirish, axborot bilan ishlash va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamladi.
05/02/2026 - 16:21
 Joriy yilning 5-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga OʻzDJTUning “Rus filologiya” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar.
 

 
 Bugungi o‘quv amaliyoti davomida talabalar markaz fondidagi kitoblar asosida buktreyler va taqdimotlar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘pladilar.
 
 Shuningdek, talabalar tanlangan asarlar mazmunini o‘rganib, buktreylerlar uchun ssenariy g‘oyalari, vizual obrazlar hamda taqdimot uchun mos materiallarni tayyorladilar.
 
 Bu jarayon orqali talabalar axborotni ijodiy yondashuv asosida taqdim etish, kitobxon qiziqishini oshirishga qaratilgan vizual kontentlar yaratish bo‘yicha tajriba orttirdilar
05/02/2026 - 16:12
Joriy yilning 5-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Mahmudxo‘ja Behbudiy — buyuk xalq ma’rifatchisi” mavzusida kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi tashkil etildi.
 

 
 Bibliografik sharhda jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodi, uning milliy ma’rifat, ta’lim-tarbiya, matbuot va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos xizmatlarini yorituvchi adabiyotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, Behbudiyning asarlari orqali yoshlarni ilm-ma’rifatga, vatanparvarlik va ongli fikrlashga chorlovchi g‘oyalar targ‘ib etildi.
04/02/2026 - 16:56
Joriy yilning 4-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga OʻzDJTUning "Rus filologiya" fakulteti 3-bosqich talabalari  navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.

 
 Bugungi o‘quv amaliyoti davomida talabalar xorijiy, rus va o‘zbek adabiyoti mualliflarining asarlari asosida buktreylerlar tayyorlashni o‘rgandilar. Ular asar mazmuniga mos ssenariy tuzish, vizual obrazlar hamda musiqiy fonni to‘g‘ri tanlash orqali kitoblarni ijodiy tarzda taqdim etish ko‘nikmalarini shakllantirdilar.
 
 Shu bilan birga, talabalar axborotni ijodiy yondashuvda taqdim qilish, kitobxon qiziqishini oshirishga qaratilgan vizual kontentlar yaratish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar.
03/02/2026 - 17:49
Joriy yilning 3-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga OʻzDJTU bilan tuzilgan shartnoma asosida "Rus filologiya" fakulteti 3-bosqich talabalari  o‘quv amaliyotiga keldilar.
 
 

 O'quv amaliyoti davomida AKM mutaxassislari talabalarga AKM faoliyati bilan tanishuv suhbati va o'quv zallar bo‘ylab ekskursiya o'tkazdilar.
AKMning umumiy faoliyati, hizmat ko'rsatish bo'limlari va kitobxon va foydalanuvchilar uchun qulayliklar haqida batafsil ma'lumot berildi. 
 
 Amaliyot davomida talabalarga nafaqat AKM faoliyatining nazariy jihatlari, balki amaliy ko'nikmalari ham taqdim etildi.  
 
Shuningdek talabalar AKM  qoidalari bilan tanishib, axborot-kutubxonaga a'zo bo'ldilar. 
03/02/2026 - 17:46
Joriy yilning 3-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMda Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati” bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, hamda uning ish jarayonlarini o‘rgandilar.
 

 
"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmat" bo‘limi mutaxassislari tomonidan talabalarga kutubxona fondidagi bosma nashrlarni skanerlash, ularni elektron shaklga o‘tkazish va elektron resurslardan samarali foydalanish jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.

Pages

Subscribe to Новости