15/07/2024 - 14:20
Toshkent shahar tuman axborot-kutubxona markazlarining 2024-yil I-yarim yillik yakunlariga bag'ishlangan hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi. 12/07/2024 - 14:06
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Oila kitobxonligi avlodlarni birlashtiradi” loyihasi doirasida “Yozgi o‘qishlar: “Bolalik yo‘llari bo‘ylab kitob bilan”” tadbiri bo‘lib o‘tdi. AKM mutaxassislari yosh kitobxonlarning ota-onalari uchun “Oilada ayollarning o‘rni” mavzusida suhbat o‘tkazdilar, xususan, bolani yoshligidan kitobxonlikka jalb qilishda onaning o'rni va e'tibori haqida.Tadbir davomida bolalar uchun “Kitob qahramonini top” viktorinasi o‘tkazildi.
05/07/2024 - 14:00
Joriy yilning 5 iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi Nemis oʻquv zalida, nemis yozuvchisi va dramaturgi Lion Feyxtvangerning 140 yilligiga bagʻishlangan “Lion Feuchtvanger – deutscher Schriftsteller und Dramatiker (1884 – 1958)” nomli kitob koʻrgazmasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ko'rgazmada adibning mashhur asarlari va adib haqidagi qiziqarli ma'lumotlar joy olgan. AKM mutaxassislari atoqli adib hayoti va ijodiga bibliografik sharh o‘tkazdilar.
03/07/2024 - 12:44
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida axborot-bibliografik xizmati tomonidan tashkil etilgan “2-iyul – O‘zbekiston Gerbi qabul qilingan kun” nomli kitoblar ko‘rgazmasi kitoblarining bibliografik sharhi bo‘lib o‘tdi.Ko‘rgazmada O`zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning kitoblari, O‘zbekiston Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Gerbi haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
26/06/2024 - 12:41
2024-yil 26-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Oila kitobi avlodlarni birlashtiradi” loyihasi doirasida “Inson huquqlari davlat himoyasida” nomli kitob körgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh o‘tkazildi.Bolalar va ularning ota-onalari ko‘rgazmada taqdim etilgan inson huquqlariga oid “O‘zbekiston Konstitutsiyasi”, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya va boshqa kitoblar bilan tanishishdi.
26/06/2024 - 12:39
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida “Giyohvandlik – umr zavoli” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.BMT Bosh Assambleyasining 1987 yil 7 dekabrda qabul qilgan rezolyutsiyasiga binoan har yili 26 iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Inson uchun eng bebaho boylik – bu sog‘likdir. Uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan.
Islom dinida ham inson joni, aqli va sihat-salomatligini saqlash, muhofaza etish eng muhim maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu ko‘gazmadan o‘rin olgan adabiyotlarda giyohvandlikning oqibatlari, ularga qarshi kurash, giyohvand moddalarni iste’mol qilish inson kamolotiga, sog‘ligiga xavf-xatar solish bilan bir qatorda inson kelajagiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumotlar berilgan.
25/06/2024 - 12:37
Ijtimoiy loyiha doirasida Moskvadagi "Crocus City Hall"dagi voqealardan jabr ko‘rgan rossiyalik oilalarning 100 nafar farzandi O‘zbekistonga keldi. Ular O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining “Anor” oromgohiga joylashtirildi.Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Аmaliy san’at“ ko‘rgazmasi tashkil etilib, bolalarni O‘zbekiston madaniyati bilan tanishtirdi, milliy an’analar haqida suhbatlashdi.
"Matoga rasm chizish" mahorat darsi o'tkazildi. Bolalar futbolka va sumkalarga akril bo‘yoqlar yordamida milliy o‘zbek naqshlarini qo‘llashdi va naqshlarning tarixi va ma’nosini o‘rgandilar. Sevimli ertak qahramonlari - haykalchalarni chizish bo'yicha mahorat darsi ham o'tkazildi.
Bolalar ijodiy jarayonga ishtiyoq bilan kirishdilar, bu ularga ko'plab ijobiy his-tuyg'ular va yangi bilimlarni olib keldi. Mahorat darslari ishtirokchilari o‘zlarining ijodiy ishlarini iliq ijodiy uchrashuvimiz esdalik sifatida saqlab qolishdi.
20/06/2024 - 12:33
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon ona - kitobxon bola” dasturi doirasida kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh o'tkazildi.Ko‘rgazmada oilaviy o'qish uchun kitoblar: ertaklar, sarguzashtlar, bolalar uchun o‘quv adabiyotlari hamda bolalar va ularning ota-onalari uchun foydali bo'lgan adabiyotlar namoyish etildi.
Taqdimotning maqsadi - oilaviy kitobxonlikni yanada kuchaytirish va kitobxonlikka jalb etish.
13/06/2024 - 12:31
“Moviy jamadon tashrifi” loyihasi doirasidaMirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi bolalar о'yingohlarida “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi tashkil etildi.
Loyiha doirasida o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti adiblari sara asarlari taqdimoti tashkil etilib, o'quvchi yoshlar e'tiboriga taqdim etildi.
11/06/2024 - 12:29
8-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Yozni kutubxona bilan” turkumida “Baxtli bolalik” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi."Mohir qo’llar" guruhi rahbari Anisimkina Lyubov Nikolayevna, slavyan latta qo'g'irchoqlarining usta qo'g'irchoqbozi, qiziqarli va foydali mahorat darsini o'tkazdi. Qogirchoq ustasi yosh kitobxon va ularning onalariga hushxabar ramzi bo'lgan “Qo'ng'iroq” qo'g'irchog'ini yasashni o'rgatdi.
Bolalarning har biri o'zlarining yorqin qo'g'irchoqlarini qiziqish va tirishqoqlik bilan yasadilar. Tadbirdagi muhit ijodiy va do'stona bolib otdi. Qo'g'irchoqlar bir-biridan chiroyli va bejirim chiqdi. Bolalar o‘z qo‘llari bilan yasagan qogirchoqlarini uyga olib ketishdi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘quv zalida, tadbir uchun maxsus ochilgan qog`irchoqlar haqidagi qiziqarli kitob ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
