17/12/2025 - 11:16
2025-yil 17-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ayollar huquqi – taraqqiyot asosi” mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.Ayollar huquqlarining ta’minlanishi har bir jamiyat taraqqiyotining muhim mezonidir. Ayolga yaratilgan imkoniyatlar — butun jamiyat salohiyatini ro‘yobga chiqaradi.O‘zbekistonda ayollar huquqlarini ta’minlashga oid qonunlar, davlat dasturlari va xalqaro hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan islohotlar taraqqiyotga xizmat qilayotgani ta’kidlanadi. Ayol faolligi — barqaror rivojlanish kafolatidir.
Mazkur koʻrgazmaning maqsadi ayollar huquqlarini himoya qilish va ularni turli sohalarda qo‘llab-quvvatlash jamiyat taraqqiyotida oʻz oʻrnini topishdir. Ayol — jamiyat ustuni, uning huquqlari esa taraqqiyot kalitidir.
Ushbu ko'rgazmaga qiziqqan barcha kitobxonlarni Mirzo Ulug'bek tuman axborot - kutubxona markazimizda kutib qolamiz.
16/12/2025 - 12:16
2025-yil 16-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish, ularning ibratli merosini yosh avlod ongiga singdirish” maqsadida qabul qilingan 76-sonli buyruq ijrosi doirasida "Mahmudxoʻja Behbudiy - Buyuk xalq ma`rifatchisi" nomli navbatdagi kitob koʻrgazmasi tashkil qilindi. Bu koʻrgazma yurtimiz tarixida muhim o‘rin egallagan ma’rifatparvar siymolarning hayoti va faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim hisoblanadi.Kitob koʻrgazmada Mahmudxoʻja Behbudiyning asarlari, u haqidagi ilmiy tadqiqotlar, maqolalar va adabiy-tarixiy manbalar namoyish etildi.
Ushbu koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazimizda kutib qolamiz.
15/12/2025 - 11:16
Joriy yilning 15-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Koʻrgazmaning asosiy maqsadi – oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yosh avlodda o‘qishga mehr uyg‘otish hamda onalarning bu jarayondagi o‘rni va ta’sirini yoritishdan iborat.
Ko‘rgazmada oilaviy tarbiya, bolalar adabiyoti, ma’naviy-axloqiy tarbiya va kitobxonlik madaniyatiga oid turli asarlar namoyish etildi.
11/12/2025 - 12:16
Joriy yilning 11-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Ulugʻ G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan videokonferensiya–teleko‘prik bo‘lib o‘tdi. Tadbir 211-oʻrta ta’lim maktabi o‘quvchilari va MDH davlatlari tengdoshlari o‘rtasida muloqot hamda hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirokchilarga O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi jasorati va xalqimizning umumiy g‘alabaga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasini taqdim etdilar
.
Onlayn texnologiyalar orqali tashkil etilgan teleko‘prik yoshlarning ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy uslublardan samarali foydalanish imkonini namoyish etdi. Tadbirda “VETERAN” birlashmasi vakillari ham ishtirok etib, yoshlar ongida vatanparvarlik, tarixga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishga hissa qo‘shdilar.
10/12/2025 - 12:16
Joriy yilning 10-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni” munosabati bilan mazmunli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh oʻtkazildi.Sharh davomida inson huquqlarining ahamiyati, ularni xalqaro darajada himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, Oʻzbekistonda inson huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoritib berildi. Koʻrgazmada inson huquqlari, erkinliklari, fuqarolik jamiyati rivoji va demokratiya tamoyillariga oid adabiyotlar keng namoyish qilindi.
Bibliografik sharh jarayonida ishtirokchilarga mazkur adabiyotlarning mazmuni, ular orqali o‘quvchilar olishi mumkin bo‘lgan bilim va tushunchalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Kitob koʻrgazmaning asosiy maqsadi — jamiyatda inson huquqlariga hurmat, tenglik va adolat tamoyillarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
10/12/2025 - 10:16
Joriy yilning 10-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi kuni” munosabati bilan kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh oʻtkazildi.Koʻrgazmada Oʻzbekiston madhiyasining yaratilish tarixi, madhiyaning mualliflari — Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonovning hayoti hamda ijodi haqida oid keng yoritildi. Shuningdek, yurtimiz ramzlari, milliy madhiyamizning mazmun-mohiyati va uning yoshlar tarbiyasidagi oʻrni haqida ma’lumot beruvchi kitoblar ham taqdim etildi.
Koʻrgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat tuygʻusini yanada mustahkamlash, madhiyamizning ma’naviy ahamiyatini keng targʻib qilishdan iborat.
09/12/2025 - 11:16
Joriy yilning 9-dekabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya — ayollar huquqlarining mustahkam kafolati” mavzusida mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvni Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.U. Sufiyeva olib bordilar. Tadbir davomida ayollar huquqlarini ta’minlash, konstitutsiyaviy kafolatlar va ularning hayotimizdagi o‘rni haqida qimmatli fikrlar bildirildi.
Davra suhbatida kutubxona mutaxassislari ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan savol-javoblar va fikr almashuvlar tashkil etildi.
Bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va jamiyatda ayollar o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
05/12/2025 - 10:16
Joriy yilning 5-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir 64-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchilari bilan tashkil etilib, yosh avlod qalbida Vatanimizning eng muhim hujjati – Konstitutsiyaga hurmat va e’tibor tuyg‘usini yanada mustahkamlashga qaratildi.Tadbir davomida o‘quvchilarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning mamlakat taraqqiyoti va fuqarolar huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni haqida sodda va tushunarli tarzda ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bolalarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi qiziqarli savol-javoblar, viktorinalar, kichik suhbatlar tashkil etildi.
04/12/2025 - 11:16
Joriy yilning 4-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” ga bagʻishlab mazmunan boy va rang-barang kitob koʻrgazmasi tayyorlandi.Koʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan asosiy tamoyillar keng yoritilgan adabiyotlar jamlandi. Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar, huquqiy-demokratik davlat barpo etish yoʻlidagi tarixiy bosqichlar ham alohida o‘rin oldi.
Koʻrgazmaning asosiy maqsadi – yoshlar va kitobxonlar ongida qonun ustuvorligiga hurmat, huquqiy savodxonlikni oshirish, mamlakatimizning bosh Qonunini chuqur anglashga ko‘maklashishdan iborat.
Koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalamuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
03/12/2025 - 11:16
Joriy yilning 3-dekabr kuni “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma nogironligi bo‘lgan insonlarning huquqlari, ijtimoiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir adabiyotlar va koʻzi ojizlar uchun maxsus brayl alifbosidagi adabiyotlar bilan boyitildi.
Ushbu koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
