27/05/2025 - 13:50
"Kirill yozuvi — zamonlar orasidagi tirik rishta"Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazining Qo‘shimcha ta’lim markazida Slavyan yozuvi va madaniyati kuniga bag‘ishlangan yorqin va ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. "Kirill yozuvi — zamonlar orasidagi tirik rishta" deb nomlangan ushbu tadbir slavyan yozuviga qiziqish bildirgan keng doiradagi ishtirokchilarni bir joyga jamladi. Tadbirni Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Alimxo‘jayeva T.S. ochib berdi. O‘z nutqida u kutubxonaning ma’rifat va ma’naviy o‘sish markazi sifatidagi alohida rolini ta’kidladi hamda kitobning madaniy o‘zlikni shakllantirishdagi muhim o‘rnini qayd etdi.
Tadbirda faxriy mehmonlar va ishtirokchilar sifatida quyidagilar qatnashdi:
• O‘zDJTU rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudirasi, filologiya fanlari doktori, professor Petruhina N.M., shu kafedra o‘qituvchisi Gapparova Sh.M.,
• Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining rus tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchilari — Rogozinnikova N.G. va Fayzova F.Sh.,
• O‘zbekiston Rus madaniyati markazi vakillari,
• Talabalar va o‘quvchilar.
AKM mutaxassisi Tulupova V. tomonidan tadbir bilan nomdosh kitob ko‘rgazmasiga bibliografik sharh taqdim etildi. Ko‘rgazmada slavyan yozuvi tarixi, ilk kitob bosuvchilar, kirill yozuvining shakllanishi va slavyan mamlakatlarida kitob madaniyatining rivojlanishiga oid adabiyotlar namoyish etildi.
Tadbir davomida Rogozinnikova N.G. slavyan alifbosining yaratilish tarixi va Kirill hamda Mefodiylarning buyuk ma’rifiy missiyasi haqida qiziqarli ma’ruza o‘qidi. Talabalar turli davrlarga oid adabiy yodgorliklardan parchalar o‘qib, ularning mazmuni va tilini muhokama qilishdi.
Bayramona kayfiyatga slavyan xalq qo‘shig‘i alohida ruh bag‘ishlab, tadbirga yorqin yakun yasadi.
O‘zDJTU rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudirasi Petruhina N.M. slavyan yozuvi, madaniyati va kitob bosish tarixining, ayniqsa rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari uchun muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, bu soha vakillarining ma’naviy va madaniy merosni asrashdagi o‘rnini ham alohida qayd etdi.
Ushbu tadbir ishtirokchilarga slavyan yozuvining qadr-qimmatini chuqurroq anglash, buyuk ma’rifatchilar qoldirgan ma’naviy merosga yaqinlashish imkonini berdi. Kirill yozuvi, albatta, zamonlar, madaniyatlar va avlodlarni bog‘lovchi tirik rishta bo‘lib kelmoqda.
26/05/2025 - 11:52
"Mahmudxo‘ja Behbudiy — jadid maktablari asoschisi"Joriy yilning 26-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakati yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada Behbudiyning hayoti, jadid maktablarini tashkil etishdagi xizmati, matbuot faoliyati hamda uning qimmatli asarlari haqida kitoblar va tarixiy manbalar namoyish etildi. Bu ko‘rgazma yosh kitobxonlar uchun o‘z tarixini chuqurroq anglash, ma’naviy o‘sish va ilmga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulugʻbek tuman-axborot markazimizda kutib qolamiz.
23/05/2025 - 11:56
"Kitob – hayot yoʻlboshchisi" mavzusidagi kitob koʻrgazmasi.2025-yil 22-may kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Kitob hayot yoʻlboshchisi" mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil qilindi. Koʻrgazmaning asosiy maqsadi kitobxonlarda kitobga boʻlgan qiziqish va mehrni oshirish, ularni maʼnaviy boylik manbai bilan yaqinroq tanishtirishdan iborat.
Koʻrgazmada turli yoʻnalishdagi asarlar – badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va bolalar adabiyotlari namoyish etildi. Ayniqsa, mashhur oʻzbek va jahon adiblarining asarlari alohida eʼtiborni tortadi. Koʻrgazma davomida kutubxona xodimlari tomonidan tanlangan kitoblarga bibliografik sharhlar berildi, ularning mazmuni va ahamiyati haqida maʼlumotlar taqdim etildi.
Kitobxonlar koʻrgazmaga qiziqish bilan yondashib, oʻzlarini jalb qilgan asarlar haqida fikr almashishdi. Ushbu kitob koʻrgazma kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
23/05/2025 - 11:54
2025-yil 23-may kuni Mirzo Ulugʻbek TAKM mutaxassislari tomonidan "Baxtli oila - baxtli jamiyat" munosabati bilan o‘tkazilgan davra suhbati bo‘lib o'tdi.Davra suhbatida ishtirokchilar — oilaviy hayotga oid bilim va tarbiyani keng targ‘ib etish, kitoblar orqali sog‘lom, mustahkam va baxtli oilani shakllantirishga ko‘maklashish, yoshlar ongida oila muqaddas maskan ekanligini tushunib oʻz izohlarini qoldirishdi.Ko‘rgazmada oila psixologiyasi, tarbiya, huquqiy-ma’rifiy bilimlar, ma’naviy qadriyatlar hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar yoritilgan. Bu kitoblar oilaviy muhitni yaxshilash va baxtli jamiyat barpo etishga qaratildi shunga koʻra bibliografik sharh ham oʻtqazildi.
Mazkur davra suhbati yoshlar, talabalar va kutubxona foydalanuvchilari uchun nafaqat barcha uchun oila qanchalik ulugʻ ekanligini baxtli oila qurish uchun qanday ishlar qilinishi kerakligi ota ona masʼuliyati qandayligi aytib oʻtildi davra suhbatimiz juda maroqli va sermazmun boʻldi.
12/03/2025 - 18:03
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining Rus filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalari uchun malaka oshirish, o'quv amaliyot o`rgatish seminari bo`lib o`tdi. Ushbu tadbirda talabalar amaliyot uchun individual ish rejasini ishlab chiqish, amaliyot ishi texnologiyasi, amaliyot ishini tayyorlash bo`yicha malakaga ega bo`ldilar. Seminar davomida talabalarga buk-tyuber yaratish uchun amaliyot ishi mavzulari taqdim etildi. Mavzu bo'yicha tanlangan materialni tahlil qilish, reja bandlari, maqsad va vazifalarini muhokama qilish topshiriqlari berildi.
Bu jarayon talabalarning interaktiv izlanishlar olib borish, tahlil qilish va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga hissa qo`shadi.
11/03/2025 - 15:01
2025-yil 11-mart kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida rus shoiri, nosir, dramaturg Pyotr Pavlovich Ershov tavalludining 210 yilligi munosabati bilan kitob ko`rgazmasi tashkil etildi.Kitob ko'rgazmasida Ershovning turli asarlari, xususan, "Bukri toychoq"ning original nashrlari va uning tarjimalari, shuningdek, Pyotr Ershovning ijodiga oid ilmiy tadqiqotlar, biografik materiallar namoyish etildi.
Ko'rgazma, shuningdek, Ershovning hayoti va ijodini yoritadigan foto-rasmlar, eski nashrlar va qo‘lyozmalar bilan boyitildi.
Kitob ko`rgazmasiga tashrif buyurgan kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlari Ershovning asarlaridan parchalar o`qib, uning hayoti va ijodini muhokama qildilar va o`zaro fikr almashdilar. Ershovning asarlari asosida interaktiv kitob muhokamalari o`tkazildi. Kitob ko`rgazmasiga bibliografik sharh berildi.
08/03/2025 - 12:59
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida O`zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining Rus filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalari malaka oshirish o`quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar. Malaka oshirish o`quv amaliyoti talabalarni “AKM faoliyati” bilan tanishuv suhbati tadbiri va zallar bo‘ylab ekskursiya bilan boshlandi. O`quv amaliyoti davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan talabalarga axborot-kutubxona markazining umumiy faoliyati, uning vazifalari, oquv va ilmiy resurslar, shuningdek, kutubxona tizimida talabalar va ilmiy jamoatchilik uchun mavjud bo`lgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Amaliyot davomida talabalarga nafaqat kutubxona faoliyatining nazariy jihatlari, balki amaliy ko`nikmalari ham taqdim etildi. Ularga axborot manbalarini qidirish va ishlatish, kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, ilmiy ishlarni qollab-quvvatlashning turli usullarini o`rganish imkoniyati yaratildi.
Amaliyot davomida talabalar kutubxona qoidalari bilan tanishib, kutubxonaga a`zo bo`ldilar.
07/03/2025 - 16:03
2025-yil 7-mart kuni Mirzo Ulugbek tuman axborot-kutubxona markazida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Ayol - jamiyat gultoji, birluq ki'zgusi, millat tarbiyachisi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tayyorlandi. Ko‘rgazmada jamiyatimizning barcha sohalarida: fan va talim sohasida, sportda va boshqa sohalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar haqidagi kitoblar, o‘z mardligi va jasorati bilan tarixda iz qoldirgan fan, adabiyot, san'at va madaniyat vakilalari haqida hikoya qiluvchi kitoblar, huquqshunos va tartib posbonlari bo‘lmish ayollar, ma'rifat tarqatuvchi ayollar, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi roli haqida hikoya qiluvchi kitoblar, she'riy to‘plamlar o‘rin olgan. 07/03/2025 - 12:54
"Siyosiy-ma’rifat soati" Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tuman, shahar hokimliklari, tashkilot va korxona xodimlari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etildi.
Joriy yilning 7-mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"ni tomosha qilishdi.
04/03/2025 - 16:57
2025-yil 4-mart kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida “Jadidlarning ma`rifatga qo`shgan hissasi: O`zbekiston tarixida iz qoldirganlar” shiori ostida kitob ko`rgazmasi va davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatida jadidchilik harakatining qanday yuzaga kelgani, uning O‘zbekistonda ijtimoiy va madaniy jarayonlarga qanday ta'sir ko‘rsatganligi haqida so‘z yuritildi. Jadidlar, ayniqsa, XX asr boshlarida o‘zlarining ta'lim va madaniyatga oid yangi yondashuvlari bilan tanilganligi ta`kidlab o`tildi.
Shuningdek, jadidlarning ta'lim tizimida amalga oshirgan islohotlari, yangi maktablar ochilishi, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi alohida e'tirof etildi. Kitobxonlar tomonidan jadidlarning g‘oyalari va faoliyatining ahamiyati, hamda ularning ilm-fan va ma'rifatni rivojlantirishdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Jadidlarning ta'lim va ijtimoiy islohotlarga oid g‘oyalari, ayniqsa, hozirgi yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.
Kitob ko'rgazmasida jadidlarning ilmiy va adabiy merosi haqida yozilgan eng dolzarb kitoblar, maqolalar va ilmiy tadqiqotlar, tarixiy asarlar namoyish etildi. Kitob ko`rgazmasiga sharh berildi.
