09/02/2024 - 16:53

2024 yil 9 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi A.Navoiy tavalludiga bag‘ishlab “Navoiy yodi – ila yashaymiz mudom” nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, shoira, jurnalist Abdusamatova Muqaddas Salixovna, “Lashqarbegi” MFY faxriylar kengashi raisi Rasuli Zulfiya Masharipovna, faol kitobxon onalar va 211-maktab o‘quvchilari qatnashdilar. Tadbirni TAKM mutaxassislari Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan qiziqarli video lavha bilan ochib berdilar.

Tadbir davomida Muqaddas Salixovna Navoiy haqidagi qiziqarli, o`quvchilar uchu yangilik bo`lgan ma`lumotlar bilan o`rtoqlashdilar. O`quvchilar o`zlari tayyorlab kelgan monolog, g`azal va ruboiylarini aytib berdilar. Tadbir davomida “Lashkarbegi” MFY faxriylar kengashi raisi Zulfiya Masharipovna,so`zga chiqib, kitob o`qish va kitob bilan do`stlashish, kutubxonalarga doimiy kelish har bir inson hayotida muhim o`rin egallashi kerakligini tadbir ishtirokchilariga tushuntirdilar.

 

Tadbir yakunida barcha mehmon va tadbirning faol ishtirokchilari tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
 
08/02/2024 - 10:25
"Agar bu ulug' zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir"                               
    Islom Karimov. 
 Millatimiz buyuk siymosi -  buyuk shoir, mutafakkir, so'z mulkining sultoni, davlat arbobi Alisher Navoiy  1441-yil 9-fevral kuni Hirotda tavallud topgan. Navoiy  juda  katta  va  boy  lirik  xazina yaratib  qoldirdi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” , “Saddi Iskandariy”. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda.
Mirzo  Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi  tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada shoirning asarlari, dostonlari, g'azallari va ruboiylari hamda shoir haqida yozilgan asarlar o'rin olgan.
05/02/2024 - 12:23

Joriy yilning 4-aprel kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi "Asaka" MFYda joylashgan xususiy kutubxonaga 100 nomdagi "Turkiy adabiyot durdonalari" jamlanmasini vaqtincha foydalanish uchun taqdim etdi. Kitob almashinuvining asosiy maqsadi kitobxonlikni yanada rivojlantitish va markaziy kutubxonalarga borish imkoniyati yo'q kitobxonlarga qulaylik yaratib berishdir.
 
"Ma'rifat ulashib"
Kitob taqdim etish asnosida, AKM mutaxassislari kutubxonachiga metodik tavsiyalar berishdi.
30/01/2024 - 10:27
Islom Abdug‘aniyevich Karimov – Oʻzbek xalqining ulugʻ farzandi, mustaqil Oʻzbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989-yildan 2016-yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi.
Mirzo Ulug‘bek tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag'ishlangan "O‘zbekiston davlati – asoschisi” nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 86 yilligiga bag'ishlangan ushbu ko'rgazmada Birinchi Prezidentimiz faoliyatini aks ettiruvchi adabiyotlar namoyon etilgan bo'lib bunda ularning siyosiy nutqlari, uchrashuvlari hamda asarlarining chuqur tahlili o'rin olgan. Ushbu asarlar yoshlarga ma’naviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, muqaddas dinimizni, an’analarimiz va urf-odatlarimizni saqlash va rivojlantirishni, bebaho tarixiy merosimizni davlat siyosati darajasiga olib chiqishga abadiy xizmat qiladi.
25/01/2024 - 10:29
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 2024 yil 25 yanvar Oʻzbekiston xalq yozuvchisi  O'lmas Umarbekov  tavalludining 90 yilligiga bag'shlab kitob ko'rgazmasi tashkil etdilar.
Kitobxonlar uchun kitob ko‘rgazmasiga bibliografik sharh o‘tkazildi.

23/01/2024 - 10:36

Joriy yilning 18-yanvar kunida Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida Turkistondagi jadidchilik harakatiga bagʻishlangan keng koʻlamli "Xotira yoʻlagi" koʻrgazmasi ochildi.
 
Koʻrgazma Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi hamkorligida tashkil etildi.
   
Koʻrgazma, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridagi Turkiston tarixiga, ayniqsa, jadid-maʼrifatparvarlarining taʼlim islohotlari, jamiyat taraqqiyotiga qaratilgan fikrlari va huquqiy demokratik davlat qurish harakatlariga bagʻishlangan materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini taqdim etadi. Jadidchilik harakatining turli qirralarini oʻrganishni oʻz ichiga olgan “Xotira yoʻlagi”koʻrgazmasi jadidlarga tegishli rasmiy hujjatlarni, ularning fotosuratlari va shaxsiy buyumlarini namoyish etib, jadidlar milliy oʻzlik, mustaqillik va davlatchilik gʻoyalari shakllanishidagi muhim ahamiyatini koʻrsatib beradi.
   
Shuningdek, koʻrgazmada Turkistonda jadidchilik harakatining paydo boʻlishiga sabab boʻlgan omillarga katta eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari, oʻsha davrning ijtimoiy-iqtisodiy holati, yangi uslubdagi maktablar tashkil etilishi va ularning rivojlanishi, teatr sanʼati, oʻsha davrning matbuot faoliyati, gender tenglik masalalari va jadid-maʼrifatparvarlarning boshqa muhim faoliyat jihatlari haqidagi alohida boʻlimlar ham oʻrin olgan.
   
“Xotira yoʻlagi” koʻrgazmasi Oʻzbekiston tarixini yanada chuqurroq oʻrganish imkoniyatini taqdim etish bilan bir qatorda, oʻtmish bilan yaqindan tanishish va oʻsha davrning ruhini his qilib, hozirgi zamon bilan qiyoslash imkonini beradi.
   
Koʻrgazma, shuningdek, bizning boy tarixiy merosimizni saqlash va uni kengroq ommalashtirishga qaratilgan.
Koʻrgazma Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida 18-yanvardan 18-fevralgacha davom etadi.
 
nbu.uz
22/01/2024 - 12:02
2024 yil 18-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “2024-yil – Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yili” kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada yoshlar va tadbirkorlarga zamonaviy iqtisodiyot va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam beradigan kitoblar joy olgan. 

17/01/2024 - 12:06
 

Ushbu tadbirning tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir. Tadbir davomida 3 “b” sinf o‘quvchilari bayramning qisqacha tarixi bilan tanishdilar.
AKM mutaxassislari tomonidan ushbu mavzu bo‘yicha kitoblar namoyish etildi. Bolalar viktorina va tanlovlarda faol ishtirok etishdi. .Yakuniy qismda o'quvchilar “Vatan himoyachilariga shon-sharaf” nomli adabiy kompozitsiyani taqdim etdilar.
Tadbir juda qiziqarli bo'lib o'tdi.
14/01/2024 - 12:08
Joriy  yilning 12-yanvar kuni   Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" hamda Qurolli kuchlar tashkil etilganining 32 yilligi  munosabati bilan  mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsoli bo'lgan vatan himoyachilarimizga bag'ishlangan  "Vatan himoyachilari doimo e'zozda" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi va kitobxonlar e'tiboriga taqdim etildi.

11/01/2024 - 12:13
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 9-yanvar kuni “Inson huquqlari davlat tomonidan himoya qilinadi” nomli kitob ko‘rgazmasi yangi huquqiy adabiyotlar bilan boyitildi. Kitob ko'rgazmasi yil davomida ishlaydi va yangi kelgan huquqiy adabiyotlar, ma`lumot va huquqiy yangiliklar bilan to'ldirib boriladi. TAKM mutaxassislari yangilangan kitob ko`rgazmasining bibliografik sharhini o`tkazdilar.

Pages

Subscribe to Новости