20/12/2023 - 00:00
2023 yil 20 dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Zamondosh” klubi a’zolari bilan “Yangi kitoblar” kitob ko‘rgazmasi taqdimoti hamda AKM bibliografik xizmati tomonidan tayyorlangan kitoblarning bibliografik sharhi bo‘lib o‘tdi. Ko'rgazmada mahalliy va xorijiy mualliflarning asarlari davlat va rus tillarida namoyish etildi.
16/12/2023 - 00:00
2023 16 dekabr kuniRus madaniyat markazida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “ZAMONAVIY DUNYODA OILA VA AYOL” deb nomlangan tadbir bo’ldi. Bu tadbir qizlar uchun maqsadli bo‘lib o'tdi. “Odob, iffat, vafo” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda zamonaviy dunyoda xotin-qizlarga xos bo‘lgan oila va ma’naviy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi, axloqiy va estetik fazilatlarni asrab-avaylash masalalari targ'ib qilindi. Tadbirda oilaviy kitobxonlik oila mustahkamligini saqlashda muhim omil ekanligi qiziqarli faktlar asosida ko'rsatib berildi.
14/12/2023 - 00:00
2023-yil 14 dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Rus madaniyat markazida jahonga mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Falsafiy roman ustasi” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada TAKM mutaxassislari yozuvchining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob ko'rgazmasi hamda “Qiyomat” asariga tayyorlangan kitob-treylerini namoyish etdilar. Muallif o‘z asarlarida kitobxonlar oldiga qo‘yayotgan muammolari, shuningdek o‘z asarlarida inson qalbining murakkabligi va serqirraligini ochib berganligi, inson hayotidagi ma’naviy-axloqiy va axloqiy jihatlarga to‘xtalib o‘tganligi haqida so'z yuritdilar. Tadbirda adib ijodining o‘rni va ahamiyati haqida fikrlashildi.
10/12/2023 - 00:00
Mirzo Ulug'bek tumai axborot-kutubxona markazida, 10 dekabr g'ururimiz va faxrimiz bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan kitob-rasmli ko'rgazma tashkil etildi. 09/12/2023 - 00:00
2023 yil 9 dekabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat institutining 4-bosqich talabalari uchun O'zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan "O'zbekiston Konstitutsiyasi - hayotimiz bosh qomusi" nomli davra suhbati o'tkazdilar. Tadbirda talabalar konstitutsiyaga bag'ishlab tayyorlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar. Ko'rgazmada yangi konstitutsiyamiz va konstitutsiya haqidagi qiziqarli ma'lumotlar o'rin olgan.
08/12/2023 - 00:00
О‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolarini Konstitutsiya kuni bilan tabriklaymiz! 07/12/2023 - 00:00
2023 yil 7 dekabr kuniMirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 211-maktabda “O‘zbekiston Konstitutsiyasi – hayotimizning bosh qomusi” mavzusida sayyor tadbir bo‘lib o‘tdi. AKM mutaxassislari tomonidan konstitutsiya haqidagi kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko'rgazmada O‘zbekiston Konstitutsiyasining asosiy tushuncha va tamoyillari – Konstitutsiya nima va mamlakatimizning har bir fuqarosi qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanligi, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan Yangi O‘zbekiston strategiyasi haqida ma’lumotlar joy oldi. Tadbir davomida o‘quvchilar TAKM mutaxassislari tomonidan tayyorlangan viktorina va blits-turnirda faol ishtirok etdilar. Tadbirda Konstitutsiya kuni munosabati bilan 211-maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan yorqin, bayramona konsert namoyish etildi.
06/12/2023 - 00:00
Konstitutsiya xalqimiz oliy irodasining qoununiy ifodasidir Respublika Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan.Shu kundan e’tiboran, O‘zbekistonda 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.
Konstitutsiya kuni munosabati bilan Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Konstitutsiyaga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi tayyorlandi.
Ko'rgazmada yangi konstitutsiyamiz, konstitutsiya haqidagi adabiyotlar va muhim ma'lumotlar o'rin olgan.
01/12/2023 - 00:00
2023-yil 1-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek TAKM “Axborot-kutubxona markazidagi bo‘limlar va ularning faoliyati” mavzusida Toshkent davlat madaniyat institutining Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 3-kurs talabalari uchun uslubiy dars tadbiri bo‘lib o‘tdi.
AKM mutaxassisi talabalarga xizmat ko'rsatish bo'limining ishi haqida - an'anaviy va elektron shaklda kitobxonlarga xizmat korsatishish, hujjatlarni yuritish va hisobga olish, rejalashtirish va hisobot berish, tadbirlar rejasini tuzish va otkazish haqida toliq malumot berdi. Bundan song talabalar AKM fondlarni to‘ldirish saqlash va ularga ishlov berish xizmati ishi bilan tanishdilar. Tadbir davomida talabalar kutubxona bo‘ylab ekskursiya uyushtirdilar. Kutubxonada tashkil etilgan barcha kitob korgazmalari va kitob fondi bilan tanishdilar. Tadbir yakunda AKM mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. Tadbir qiziqarli va sermazmun bolib otdi.
01/12/2023 - 00:00
2023-yil 1-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografik xizmati tomonidan “1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tayyorlandi. Ko‘rgazmada sog‘lom turmush tarzi, giyohvandlikning zarari, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) xastaligi, shaxsiy va ommaviy profilaktika choralariga oid kitoblar namoyish etildi. Korgazmaning bibliografik sharhi Toshkent davlat madaniyat institutining Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 3-kurs talabalari uchun otkazib berildi.
Pages
