28/11/2023 - 00:00
2023-yil 28-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida Yevropa ijodiy Gildiya festivali ishtirokchilari, Qozog‘istonda o‘tkazilgan tanlovning 1 va 2-o‘rinlarini egallagan laureatlari – A.Grodzinskiy va E.Makarova bilan adabiy-she’riy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Zamondosh” kitobxonlik klubi faoliyati doirasida o‘tkazildi.
Tadbir tashkilotchilari “Danko”adabiy-ijodiy uyushmasi a’zolari bo‘ldi. Tadbirni ochish so‘zini: O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi – Bagdasarova G.S. va“Danko” adabiy-ijodiy uyushma rahbari Grushina T.A. boshlab berdi.
Tadbirning birinchi qismida rus adabiyotining atoqli shoiri Aleksandr Blok tavalludi munosabati bilan “A.Blok – hayoti va ijodi” mavzusidagi taqdimot taqdim etildi. Tadbirda – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O.Bordovskiy, “Zamondosh” klubi a’zolari va yosh shoirlar tomonidan she’rlar ijro etildi. Tadbirning 2-qismida Yevropa ijodiy Gildiya festivali g‘oliblari so‘zga chiqdi va o‘z she’rlarini o‘qib berishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar Aleksandr Blok ijodiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar.
24/11/2023 - 00:00
2023-yil 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida “Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm-fani rivojida tutgan o‘rni” nomli tadbir bolib otdi. Bu Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan o`tkazilgan bu yilgi qator tadbirlarning yakuniy qismidir. AKM mutaxassislari tomonidan kitob ko‘rgazmasi tayyorlanib, buyuk alloma hayoti va faoliyatiga oid kitoblar taqdim etildi. Tadbirda uning asarlarining jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan ahamiyati va hissasi haqida so‘z yuritildi.
20/11/2023 - 00:00
2023 yil 20 noyabr kuniMirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi Rus madaniyat markazi bilan hamkorlikda taniqli yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi Vladimir Vasilyevich Fetisov bilan uchrashuv tashkil etdilar. Markaziy Osiyoda asosiy voqealar rivoj topgan qiziqarli tarixiy-geografik romanlar muallifi o‘zi va ijodiy faoliyati haqida so‘zlab berdi. Tadbirda qiziqarli viktorina uyushtirdi, g‘oliblarga muallifning dastxatli kitobi sovg‘a sifatida taqdim etildi.
18/11/2023 - 00:00
2023 yil 18 noyabr kuniMirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, 211-sonli umumta’lim maktabida “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun bayramiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Tadbir 1 va 6-sinflarda bolib otdi. O`quvchilar TAKM mutaxassislari bilan birgalikda “Bayrog‘imiz doimo hilpira, bizning g‘ururimiz” mavzusida adabiy-musiqiy kompozitsiya tayyorladilar.
17/11/2023 - 00:00
2023 yil 17 noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida
18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Bayrogimiz - g'ururimiz, orimiz” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Foydalanuvchilar ushbu ko‘rgazmada davlatimiz ramzi bo‘lmish bayrog‘imiz qabul qilinganligi haqidagi qonunlar, tarixda turkiy bayroqlar ramzlari haqida boy ma'lumotlar, shuningdek matbuot nashrlaridan maqolalar bilan tanishishlari mumkin.
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.
17/11/2023 - 00:00
2023-yil 17-noyabr kuniO‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston davlat chet tillar universiteti Filologiya fakulteti talabalari uchun “Bayrog'imiz – faxrimiz” mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ham so‘z yuritildi. Tadbir davomida talabalar "Bayrog'imiz - g'ururimiz, orimiz" nomli kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar. Tadbir yakunida talabalar kutubxonaning barcha o'quv zallari va ish faoliyati bilan tanishtirildilar.
16/11/2023 - 00:00
2023 yil 16 noyabr kuni Toshkent davlat madaniyat institutida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kutubxonachilik fakulteti talabalari uchun “Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati” taqdimoti namoyish etildi. Tadbir davomida talabalar AKM faoliyatining turli yo‘nalishlari, kutubxona tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va o‘zlarining bo‘lajak kasblari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbirdan maqsad kutubxona ishi jarayonlari bilan tanishtirish va Mirzo Ulug‘bek tuman AKM negizida kutubxona fakulteti talabalariga uslubiy yordam ko‘rsatishda kelgusida o‘zaro hamkorlik qilishdan iborat.
14/11/2023 - 00:00
2023 yil 14 noyabr kuniMirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida AKM mutaxassislari tomonidan 211-maktab o‘quvchilari va Qirg‘iziston delegatsiyasi uchun atoqli va jahonga mashhur adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi va taqdimot taqdim etildi.
14/11/2023 - 00:00
2023 yil 14 noyabr kuniQirg‘iziston Respublikasi “Axborot resurs markazlari” jamoat birlashmasi delegatsiyasi xalqaro tajriba almashish dasturi doirasida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi. Qirg‘izistonlik hamkasblar kutubxona zallari bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi va TAKMning barcha tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan tanishdi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan nemis o‘quv zali faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot hamda kutubxona faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi.
10/11/2023 - 00:00
2023 yil 10 noyabr kuniMirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak Vatanimiz!” g‘oyasi asosida “Ma’naviyat marafon” loyihasi doirasida TAKM mutaxassislari tomonidan oʻzbek va jahon adabiyoti klassiklari asarlari asosida yaratilgan filmlar yuzasidan“Kino va kitoblar” taqdimoti namoyishi va mavzu yuzasidan davra suhbati bolib otdi. Tadbirda Sharqshunoslik instituti talabalari qatnashdilar. Talabalar “Kitob yoki film, kino yoki kitob” mavzusidagi suhbatda faol ishtirok etdilar, unda qiziqarli savollar muhokama qilindi. Qay biri yaxshiroq: film tomosha qilish yoki kitob o'qish? Tadbirda talabalar o‘zbek klassiklarining suratga olingan asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar va TAKM mutaxassislari tomonidan tayyorlangan kinoga aylangan asarlardan tashkil etilgan kitob ko`rgazmasi bilan tanishdilar.
Pages
