25/10/2023 - 00:00
2023 yil 25 oktabr kuni INFOLIB-2023 Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti 1-kurs talabalari bilan “Til bor ekan - millat barhayot” mavzusida davra suhbati o'tkazdilar. Davra suhbatida o‘zbek tilining tarixi va ahamiyati, alifboga kiritilgan o‘zgarishlar, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish kabi muhim mavzular muhokama qilindi.
24/10/2023 - 00:00
2023 yil 24 oktyabr kuniMirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot-kutubxona fondlarini xatlovdan oʻtkazish, qayta baholash: muammo va yechimlar” mavzusida seminarda ishtirok etdilar. Seminarda axborot-kutubxona muassasalarida fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish tartibi bo‘yicha tushunchalar yoritildi. Shuningdek, amaldagi yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga muvofiq ish yuritish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarga tayanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi.
23/10/2023 - 00:00
2023 yil 23 oktabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazining yosh mutaxassislari "INFOLIB UZBEKISTAN -2023" XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida o'tkazib kelinayotgan "YOSH KUTUBXONACHILAR" III forumida ishtirok etdilar. Forumda bir-biridan qiziqarli va amaliy treninglar, ochiq muloqotlar bo'lib o'tdi.
23/10/2023 - 00:00
2023 yil 23 oktyabr kuniMirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazining yosh mutaxassislari "INFOLIB UZBEKISTAN -2023" XII Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilishida ishtirok etdilar. Ochilish marosimidan so'ng, "Bedgerxonlik-2023" va "Yangi O'zbekiston kutubxonalari - bilim va taraqqiyot maskani" mavzusidagi ilmiy anjumanda ishtirok etdilar.
23/10/2023 - 00:00
2023 yil 23 oktabr kuni“INFOLIB UZBEKISTAN-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilish kunida Mirzo Ulug‘bek TAKM tomonidan 211-sonli maktabda "Kitob - hayotni yaratuvchi muallim" nomli kutubxona darsi tadbiri o'tkazdilar. TAKM mutaxassislari o'quvchilarga har yili o‘tkaziladigan Milliy axborot-kutubxona haftaligi haqida: uning maqsad va vazifalari – bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining dolzarb yo‘nalishi bo‘lgan foydalanuvchilar ijtimoiy va yoshlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikni ommalashtirish, kitob o'qishning foydalari haqida so‘zlab berdi. O'quvchilar kitob o‘qishning foydalari va kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida suhbatda faol ishtirok etdilar. TAKM mutaxassislari kitob va uning yaratuvchilari, kutubxonaning kitob fondlari va kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida gapirib berishdi.
Tadbir yakunida o'quvchilar "Kitob - hayotni yaratuvchi muallim" nomli kitob ko'rgazmasi bilan tanishtirdilar.
21/10/2023 - 00:00
2023 yil 20 oktabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari "21 oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan, "Til bor ekan - millat barhayot" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar.
Ko'rgazmadan tilimiz haqidagi qiziqarli ma'lumotlar, ona tili darsliklari, imlo lug'atlari, o'zbek tili bo'yicha uslubiy qo'llanmalar joy olgan.
20/10/2023 - 00:00
E'LON‼️
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi 211-maktab bilan birgalikda, "21 oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan chellendj e’lon qiladi. Ishtirok etish uchun, ona tilingizda she’r o‘qib berishingiz kerak. Videolar Telegram chatida (https://t.me/chat_mirzo_ulugbek_takm_event) qabul qilinadi.
20/10/2023 - 00:00
2023 yil 20 oktabr kuniMirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi, 211-sonli umumta’lim maktabining 2 “b” - sinfida o‘zbek tili kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan ochiq darsda ishtirok etdi. O`quvchilar o‘zlari sevib o'qiydigan kitoblari haqida gapirib, hikoyalar asosida chizgan rasmlarini taqdim etdilar. Dars davomida TAKM mutaxassislari tomonidan “Til bor ekan - millat barqaror” nomli kitob ko‘rgazmasi namoyish etildi. Bayram o‘quvchilarning yorqin va qiziqarli chiqishlari bilan yakunlandi.
18/10/2023 - 00:00
18.10.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi 211- maktab bilan hamkorlikda “21 oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” bayramiga bag‘ishlab 5-6-sinf o‘quvchilari bilan “Eng yaxshi xattotlik” ko‘rik-tanlovi tashkil etdilar. Tadbirda o‘zbek tilining ahamiyati, xalqimizning qalb ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho boylikni asrab-avaylash va rivojlantirish haqida so‘z yuritildi. Musobaqa yakunida g‘oliblarga faxriy yorliqlar topshirildi.
15/10/2023 - 00:00
15.10.2023Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi Toshkentdagi Rus madaniyat markazida “O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan ayollari” – nomli tadbirda ishtirok etdi. Tadbir afsonaviy arbob, sovet va oʻzbek televideniyasining diktori - Melnikova Galina Vitalyevna bilan bo'lib o'tdi. Galina Vitaliyevna 60 yildan ortiq umrini sevimli ishiga bag'ishladi, o'zining jozibasi, yorqin shaxsiyati va unutilmas ovozi bilan bir necha avlod teletomoshabinlarining sevgisi va e'tirofiga sazovor bo'ldi. Galina Melnikova davlat va xalqaro mukofotlarga sazovor bo'lgan. O‘zbekiston xalq artisti unvoni, “Doʻstlik” ordeni, Pushkin medali (xususan, madaniy merosni oʻrganish va asrab-avaylash, xalqlar va elatlar madaniyatini yaqinlashtirish va oʻzaro boyitishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun) shular jumlasidandir. Tadbir yakunida ishtirokchilar TAKM mutaxassislari tayyorlagan “O'zbekistonning taniqli ayollari" nomli kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar.
