18/09/2023 - 00:00
18.09.23 y. Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kutubxonada o‘tkaziladigan "Kitobxon onalar kuni"ga bagishlab otkaziladigan tadbir doirasida "Lashkarbegi" MFYda faol ayollar jamoasi bilan "Ayol - jamiyat gultoji, borliq ko'zgusi, millat tarbiyachisi" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar. Davra suhbati davlatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati haqida bo'lib o'tdi. Tadbir qiziqarli va sermazmun bolib otdi.
Tadbirda ishtirok etganlar ayollarga bag'ishlab tayyorlangan kitob ko'rgazmasi bilan ham tanishdilar.

 
 
15/09/2023 - 00:00
15.09.2023 y. Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sohibi, O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 116 yilligi munosabati bilan "Abdulla Qahhor - O'zbekiston xalq yozuvchisi" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar.
Ko'rgazmada adibning eng sara va mashhur asarlari, u haqidagi qiziqarli ma'lumotlar o'rin olgan.
13/09/2023 - 00:00
13.09.2023 “Lashkarbegi” mahalla fuqarolar yig‘inida Mirzo Ulug‘bek tumani  axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yangi O'zbekistonda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyili asosida islohotlarni amalga oshirilmoqda. Shu bois mamlakatimiz inson huquqlarining munosib himoyasini ta’minlashni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. Davra suhbatida ayollar huquqlari, ayollarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi rolini oshirish, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy sohalarda ularning manfaatlarini himoya qilish kabi ulkam masalar haqida qizgin suhbat olib borildi. Davra suhbatida AKM mutaxassislari tomonidan “Adolat – qonun ustuvorligi” kitob ko‘rgazmasi tayyorlandi. Ko`rgazmada ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat sohasidagi inson huquqlariga oid kitoblar taqdim etildi.
09/09/2023 - 00:00
9-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani  axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Ozbekistondagi rus madaniyat markazida Dog‘iston xalq shoiri R.G.Gamzatov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Do‘stlarga tilaklar” ijodiy uchrashuvida qatnashdilar. Tashkilotchilar O‘zbekiston rus madaniyat markazi, Shanxay hamkorlik tashkiloti Jamoatchilik diplomatiyasi markazi, “Sharq yulduzi” jurnali tahririyati va “Shoirlar shahri” ijodiy uyushmasi bo‘ldi. Yig‘ilish ishtirokchilari Rasul G‘amzatov hayoti va ijodidagi muhim voqealar haqida so‘z yuritdilar. Tadbirda R.G‘amzatov so‘ziga yozilgan she’r va qo‘shiqlar yangradi. Mirzo Ulugbek TAKM mutaxassislari shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Tinchlik, ezgulik va muhabbat she’riyati” nomli kitob ko‘rgazmasi tayyorladilar va kitoblarga bibliografik sharh o‘tkazdilar. Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.
07/09/2023 - 00:00
07.09.2023 y. Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining “Yosh kitibxonlar” klubi a’zolari “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida restavratsiyadan so‘ng foydalanishga topshirilgan Respublika bolalar kutubxonasida bo‘lib, kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirdilar. E’tiborlisi, bolalar va yoshlarni keng jalb etish maqsadida kutubxonaning barcha hududlari xalqaro standartlarga javob beradigan ko‘p tarmoqli kitoblarning ko'pligi, interyerning qulayligi va o'ziga xosligi haqiqatan ham o'qishga kirishish muhitini yaratadi. Kutubxonaga tashrif buyurgan "Yosh kitobxon" klubi a'zolari kutubxona fondlari va texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
06/09/2023 - 00:00
06.09.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona mutaxassislari  "O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi" hamda “Bilim” AKM hamkorligida otkazilgan atoqli ma’rifatparvar murabbiy, adib Munavvar Qori Abdurashidxonov tavalludining 145 yilligi munosabati bilan “Millat muallimi” mavzusidagi tadbirda ishtirok etdilar. Tadbir so'ngida mutaxassislar "O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi"ning muzeyi va kutubxonasi bilan tanishdilar.
05/09/2023 - 00:00
05.09.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 211-maktabda “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga  bag’shlab   “Beruniy – buyuk olim-entsiklopedist” nomli infodars o‘tkazildi. TAKM mutaxassislari olimning hayoti va buyuk merosi haqida so‘zlab berdilar, Beruniy tarjimai holi va faoliyatiga oid kitoblar taqdim etdilar. Abu Rayhon Beruniyning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi muhokamasida 8-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.
04/09/2023 - 00:00
04.09.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida “Kitob va kitobxonlik” haftaligining ochilishi “Yangi hayot sari, yangi O‘zbekiston uchun” kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi bilan boshlandi.
TAKM mutaxassislari tomonidan Yangi Oʻzbekistonning Mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari va taraqqiyoti haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jumladan, Shavkat Mirziyoyevning Yangi Oʻzbekiston poydevorini yaratish va Uchinchi Uygʻonish davri, "Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” kitobi, hamda milliy taraqqiyot istiqbollari, “Yangi Oʻzbekiston” albomi va boshqa kitoblarni tanishtirdilar.
23/08/2023 - 00:00
23.08.2023 y. Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi,  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Kelajagimiz poydevori bugungi kun yoshlari” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.
17/08/2023 - 00:00

17.08.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida Toshkent shahridagi “Rus uyi” bilan hamkorlikda Dog‘istonlik mashhur adib Rasul Gamzatov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilariga yozuvchining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan taqdimot taqdim etildi. Tadbirga AKM axborot-bibliografik xizmati tomonidan “Rasul Gamzatov – Dog‘iston xalq shoiri” nomli kitob ko‘rgazmasi tayyorlanib, bibliografik sharh o‘tkazildi.
Tadbir davomida shoirning she’r va qo‘shiqlari yangradi. Rasul Gamzatov mashhur “Turnalar” she`riga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konservatoriyasi talabasi Jumayev Doniyor ajoyib talqinda qo`shiq kuylab, barchaga unutilmas zavq taqdim etdi. Tadbir ishtirokchilari adib asarlari asosida o‘tkazilgan adabiy viktorinada faol ishtirok etdi.
Ushbu tadbir adibning o‘z asarlarida onaga, ayol siymosiga katta e’tibor bergani bois ham, kutubxonada o‘tkaziladigan"Kitobxon onalar kuni"ga bag`ishlab o`tkaziladigan tadbirga ulanib ketdi. Tadbir ishtirokcilari "ONA" so`ziga qalblaridagi tariflarni qog`ozga tushurib berdilar. Tadbir domgidanda qiziqarli va sermazmun bo`lib o`tdi.

 

Pages

Subscribe to Новости